Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Isroil XAMAS yetakchisi Raed Saadni yo‘q qildi

Dunyo
35
Isroil XAMAS yetakchisi Raed Saadni yo‘q qildi
Isroil Mudofaa kuchlari 13-dekabr kuni XAMASning yuqori lavozimli harbiy yetakchilaridan biri, qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahbari Raed Saad yo‘q qilinganini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Isroil tomoni uni 7-oktyabr voqealarida mamlakatga qarshi uyushtirilgan hujumning asosiy rejalashtiruvchilaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda. Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Raed Saad XAMASning harbiy salohiyatini oshirish, yangi jangovar uskunalar ishlab chiqarish va urush davomida yo‘qotilgan resurslarni tiklash jarayonlariga rahbarlik qilgan.

U XAMAS harbiy infratuzilmasida muhim o‘rin egallagan shaxs sifatida tilga olinmoqda. Isroil maxsus xizmatlari — ShABAK bilan hamkorlikdagi ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda XAMAS jangchilari qurolli faoliyatni qayta tiklashga urinishgan.

Ular, xususan, Isroil harbiy kuchlariga qarshi qo‘lbola portlovchi qurilmalardan foydalanishga harakat qilgan. Bu holatlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuv shartlarining buzilishi sifatida baholangan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026