Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Sidneyda Hanuka bayramida hujum: 12 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
60
Sidneyda Hanuka bayramida hujum: 12 kishi halok bo‘ldi
Isroilning “Mossad” razvedka xizmati Avstraliyada yahudiy jamoasiga qarshi hujum ehtimoli borligi haqida avstraliyalik xavfsizlik xizmatlarini ogohlantirgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Isroilning “Kan” telekanali o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi. Avstraliya xavfsizlik tuzilmalariga terror hujumi ehtimoli haqida bir necha bor ma’lumot kelib tushgani aytilmoqda.

Biroq Avstraliya hukumati bu ma’lumotlarni rasmiy ravishda tasdiqlamagan. Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasi rahbari Mel Lenonning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomonidan bunday razvedka ma’lumoti taqdim etilmagan.

Uning ta’kidlashicha, agar politsiyada aniq va ishonchli ma’lumot bo‘lganida, xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rilgan bo‘lar edi. Yakshanba kuni Sidney shahri yaqinidagi Bonday-bich plyajida yuz bergan otishma natijasida 12 kishi halok bo‘ldi, 29 nafar fuqaro jarohat oldi.

Hujum ikki shaxs tomonidan amalga oshirilgan. Ulardan biri voqea joyida yo‘q qilinib, ikkinchisi tiriklayin qo‘lga olingan.

Ushbu fojea yahudiy jamoasi Hanuka bayramini nishonlayotgan paytda sodir bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Hozirda Avstraliyada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Voqea sabablari va razvedka ogohlantirishlari haqiqatan ham mavjud bo‘lganmi yoki yo‘q, bu masala hali o‘rganilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026