Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Taniqli fizik Nuno Lureyro Nyu-Yorkda halok bo‘ldi

Dunyo
34
Taniqli fizik Nuno Lureyro Nyu-Yorkda halok bo‘ldi
AQShda fan olamida katta yo‘qotish yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Massachusets texnologiya institutining plazma fizikasi va termoyadro tadqiqotlari markazi rahbari, taniqli yadro fizikasi olimi Nuno Lureyro fojiali tarzda vafot etdi. Huquqni muhofaza qilish idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, 15-dekabr kuni olim Nyu-Yorkning Bruklin hududidagi uyida o‘q jarohati olgan holda topilgan.

U zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmadi. Olim olingan jarohatlar oqibatida ertasi kuni vafot etgan.

Hozirda politsiya mazkur hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, gumonlanuvchini qidirish ishlarini davom ettirmoqda. Hujum sabab va motivlari hali aniq emas.

Shuni ta’kidlash joizki, ushbu voqea sodir bo‘lishidan ikki kun avval Braun universitetida otishma yuz bergan edi. Unda ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi esa jarohat olgan.

Federal qidiruv byurosi (FBR) vakillari bu ikki hodisa o‘rtasida hozircha bog‘liqlik aniqlanmaganligini ma’lum qilishdi. Nuno Lureyroning uyi Braun universitetidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Nuno Lureyro Portugaliyada tug‘ilib, 2005 yilda AQShga ko‘chib kelgan. U 2016 yildan boshlab MITda faoliyat yuritib, dastlab plazma fizikasi markazi direktorining o‘rinbosari, keyinchalik esa markaz rahbari lavozimida ishlagan.

Olim plazma fizikasi va termoyadro sintezi sohasidagi izlanishlari bilan xalqaro miqyosda katta e’tibor qozongan edi. Mazkur fojia AQShda olimlar xavfsizligi masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi.

Fan jamoatchiligi Nuno Lureyroning o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026