Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Tokio teleminorasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi

Dunyo
32
Tokio teleminorasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi
Tokio teleminorasi O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglari bilan yoritildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Ushbu tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi oldidan tashkil etildi.

Davlat rahbari "Markaziy Osiyo + Yaponiya" birinchi sammitida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Sammit davomida Toshkent va Tokio o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Yaponiya hukumati mazkur sammitda Markaziy Osiyo davlatlari bilan sun’iy intellekt va Kaspiy dengizida logistika sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik takliflarini ilgari surishi kutilmoqda. Sammit yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishni maqsad qilgan.

2017-2024-yillar davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo hajmi 2,3 barobarga oshib, 388,6 million AQSH dollarini tashkil etdi. Shu davrda Yaponiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga 184 million dollar miqdorida investitsiya kiritdi.

2023-yil dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Yapon kapitali ishtirokida 121 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Tokio teleminorasi (Tokyo Tower) Yaponiyaning poytaxti ramzi va mashhur diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi.

Mazkur minora 1958 yilda qurilgan bo‘lib, uning balandligi 333 metrni tashkil etadi. Dastlab u tele- va radiouzatish uchun xizmat qilgan.

Minorada kuzatuv maydonchalari joylashgan bo‘lib, u oq va to‘q sariq ranglarga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026