Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Mayamida Ukraina, AQSH va Yevropa muzokaralari yakunlandi

Dunyo
30
Mayamida Ukraina, AQSH va Yevropa muzokaralari yakunlandi
Ukraina delegatsiyasi AQSH va Yevropa Ittifoqi vakillari bilan Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Rustam Umerov ma’lum qildi. Endi ushbu hududda AQSH va Rossiya o‘rtasida alohida uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, muzokaralar 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan. Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Rustam Umerov uchrashuv tafsilotlarini ochiqlamagan, biroq suhbatlarda Yevropa Ittifoqi vakillarining ham qatnashganini ta’kidlagan.

Unga ko‘ra, muzokaralar natijalari haqida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ma’lumot berilgan. — AQSH va Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuvni yakunladik.

Kelgusidagi qadamlar va hamkorlik masalalarida kelishuvga erishdik, — deya yozdi Umerov. Ma’lum qilinishicha, bu muzokaralar 23 noyabr kuni Jenevada Ukraina va AQSH delegatsiyalari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida muhokama qilingan masalalar asosida tashkil etilgan.

Ushbu muloqotlarda “Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi” deb ataluvchi konsepsiya asosida ish olib borilmoqda. 20–21 dekabr kunlari Rossiya delegatsiyasining Mayamiga yetib kelishi kutilmoqda.

Delegatsiyaga Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev rahbarlik qiladi. U AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Xabarlarga ko‘ra, AQSH Ukrainaga Rossiya bilan urush tugagandan so‘ng xavfsizlik kafolatlari taklif qilishni rejalashtirmoqda. Biroq Donetsk va Luhansk hududlari bo‘yicha mavjud talablarga kelishish hali ham murakkab bo‘lib qolmoqda.

Berlindagi avvalgi uchrashuvlarda ham bu masala muhokama qilingan. Kreml ushbu talablarga javoban o‘z pozitsiyasini qat’iy saqlab, kuch ishlatish ehtimolini istisno qilmayapti.

Ukraina esa o‘z hududiy yaxlitligini saqlashda qat’iy ekanini bildirmoqda. Prezident Zelenskiy Donbass hududlarini na de-fakto, na de-yure Rossiyaniki deb tan olish niyatida emasligini ta’kidladi.

AQSH esa bu masalada murosaga erishish uchun harakat qilmoqda. Mayamidagi ushbu muzokaralar xalqaro siyosiy maydonda yangi o‘zgarishlar bo‘lishidan darak bermoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026