Bugun
Markaziy bank 1 million so'mlik pul haqida axborotni rad etdi
+15°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

Bishkekda erkak ajrashgan rafiqasini otib o‘ldirdi

Dunyo
39
Bishkekda erkak ajrashgan rafiqasini otib o‘ldirdi
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida fojeali qotillik yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, sobiq ichki ishlar organi xodimi turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Hodisa 23-dekabr kuni kechqurun Bokonbayev va Ibraimov ko‘chalari kesishmasidagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqqan, natijada erkak ayolga olti marta o‘q uzgan. Ayol olgan og‘ir jarohatlar tufayli voqea joyida vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, juftlik aynan o‘sha kuni rasman ajrashgan. Eng achinarli jihati shundaki, hodisa marhumaning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelgan.

Ayol 47 yoshni qarshi olayotgan edi. Oilada ikki nafar farzand borligi ham qayd etilgan.

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Tergovchilar aniqlashicha, jinoyat sodir bo‘lgan paytda u mast holatda bo‘lgan.

Bundan tashqari, marhuma avvalroq oilaviy zo‘ravonlik sababli politsiyaga murojaat qilgani ham ma’lum qilingan. Mazkur holat yuzasidan “Qotillik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifini rad etgan
Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifini rad etgan
AQSH prezidenti Donald Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifi bilan Google bosh direktori Sundar Pichai'ga murojaat qilganini aytdi. The Guardian nashriyoti
DunyoBugun, 19:33
Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov shaxsiy qabuliga kira olmayotgan fuqaroning shikoyatiga ochiq va keskin javob berdi. Davlat rahbari mamlakat aholisi
DunyoBugun, 16:28
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoyning Tibet avtonom mintaqasida 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'lib, bu tabiiy ofat ko'plab inson hayotiga olgan va jiddiy talofatlar keltirgan. So'nggi
DunyoBugun, 12:40
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi aholi orasida tarqalgan xurofot, sehr-jodu va firibgarlikka qarshi keng miqyosli kurash e'lon qildi. Vazirlik rasmiy ma'lumotiga
DunyoBugun, 12:33
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Serbiya poytaxti Belgrad ko‘chalari 22 oktyabr kuni 150 mingga yaqin fuqaroning ishtirokida katta namoyish maydoniga aylandi. Muxolifat va norozilik harakatlari
DunyoBugun, 11:35
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiyada sovrinli avtomatlarda tarqatilgan 16 mingtagacha plastik o‘yinchoq to‘pponchaning haqiqiy o‘q-dorilarni otish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangach, Yaponiya Milliy politsiya agentligi
DunyoBugun, 10:15