Bugun
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
+9°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Rojdestvo qutilaridan 25 kg narkotik topildi

Dunyo
30
Rojdestvo qutilaridan 25 kg narkotik topildi
AQShning Kentukki shtatida Rojdestvo bayramiga mo‘ljallangan qutilarga yashirilgan yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Politsiya tomonidan 25 kilogrammdan ortiq metamfetamin topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot xodimlari giyohvand moddalar savdosida gumon qilingan 23 yoshli Jeykob Talamantes boshqaruvidagi avtomobilni to‘xtatgan.

Mashinani tekshirish uchun maxsus o‘rgatilgan xizmat iti jalb qilingan. Itning reaksiyasi avtomobilda taqiqlangan moddalar borligini ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng, yukxona ichidan Rojdestvo sovg‘asi qog‘ozlariga o‘ralgan shubhali qutilar topilgan. Tekshiruv davomida ushbu qutilar ichida taxminan 25 kilogramm og‘irlikdagi metamfetamin yashirilgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi Jeykob Talamantes ushbu narkotik moddalarni Ayovadan olib kelib, sotishni rejalashtirganini tan olgan. Hozirda unga narkotik moddalar bilan noqonuniy savdo bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qilingan.

Mazkur ish bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi havo mudofaa tizimlari Yamandagi "Ansor Alloh" harakati uchurgan ballistik raketani Ar-Riyod shahri yaqinida tutib olib, muvaffaqiyatli yo'qotdi.
DunyoBugun, 09:24
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38