Bugun
Erik Prins Rossiya armiyasining jangovar salohiyati oshganini ma'lum qildi
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

“Do‘zax darvozasi”ni o‘chirish bo‘yicha yechim topildi

Dunyo
19
“Do‘zax darvozasi”ni o‘chirish bo‘yicha yechim topildi
Markaziy Qoraqum cho‘lida joylashgan va yarim asrdan ortiq vaqt davomida yonib kelayotgan mashhur “Do‘zax darvozasi” gaz kraterini bartaraf etish bo‘yicha amaliy yechim topilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Turkmengaz” davlat konserni huzuridagi Tabiiy gaz ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari axborot berdi. Ularning ta’kidlashicha, muammoni hal etish gaz oqimlarini yangi quduqlar orqali qayta yo‘naltirish va maxsus burg‘ilash ishlari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Mutaxassislar hududning geologik va gidrodinamik xususiyatlarini batafsil o‘rganib chiqib, Chaljulba konida yangi baholash qudug‘ini burg‘ilashni taklif qilishgan. Ushbu yondashuv gazning asosiy qismini yangi quduqlarga yo‘naltirish va shu orqali kraterda yonayotgan gaz hajmini sezilarli darajada kamaytirishga imkon berishi kutilmoqda.

“Do‘zax darvozasi” krateri Ashxoboddan taxminan 260 kilometr shimolda, Darvoza qishlog‘i yaqinida joylashgan bo‘lib, u geologik halokat natijasida 1963 yilda (ba’zi manbalarga ko‘ra, 1971 yilda) paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtda gazning zaharli ta’sirini kamaytirish maqsadida uning yonishi qasddan boshlatilgan edi.

Ammo gaz zaxiralari ko‘p qatlamli bo‘lgani sababli yonish hozirgacha davom etmoqda. Kraterning diametri 60 metr, chuqurligi esa 20 metrga yaqin bo‘lib, u sayyohlar uchun diqqatga sazovor joyga aylangan.

Turkmaniston rahbariyati bu masalaga bir necha bor e’tibor qaratgan. Xususan, 2010 va 2022 yillarda kraterni o‘chirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Davlat rahbari bu jarayonning ekologik zarar keltirayotganini, aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini va iqtisodiy resurslar isrof bo‘layotganini qayd etgan edi. Endilikda ishlab chiqilgan yangi ilmiy yondashuv mazkur muammoni hal etishga qaratilgan.

Agar bu usul amaliyotda o‘zini oqlasa, “Do‘zax darvozasi” deb ataluvchi kraterning o‘n yillab davom etgan nazoratsiz yonishi nihoyat to‘xtashi mumkin. Bu esa ekologik va iqtisodiy jihatdan muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Erik Prins Rossiya armiyasining jangovar salohiyati oshganini ma'lum qildi
Erik Prins Rossiya armiyasining jangovar salohiyati oshganini ma'lum qildi
Ukraina hududidagi qurolli to'qnashuvlar to'rtinchi yildirki dunyoning ikki yirik harbiy qutbi o'rtasidagi ayovsiz sinov maydoniga aylandi. Bir tomonda G'arb siyosiy
DunyoBugun, 02:26
Pokiston Saudiya Arabistoniga harbiy yordam berishdan rasman bosh tortdi
Pokiston Saudiya Arabistoniga harbiy yordam berishdan rasman bosh tortdi
Islom olamida yaqinda katta umidlar bilan tuzilgan va xalqaro siyosatda Islomiy NATO deb atalgan mudofaa ittifoqi o‘zining ilk jiddiy sinovida kutilmagan to‘siqqa duch keldi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:36
Qizil dengizdagi to'qnashuvlar sababli neft narxi keskin ko'tarildi
Qizil dengizdagi to'qnashuvlar sababli neft narxi keskin ko'tarildi
Jahon energetika bozorida navbatdagi keskin o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Brent markali xom neft narxi bir kun ichida sezilarli darajada ko‘tarilib, bir barreli uchun
DunyoBugun, 01:09
Britaniya deputatlari Masha va Ayiq multfilmini taqiqlashni so'ramoqda
Britaniya deputatlari Masha va Ayiq multfilmini taqiqlashni so'ramoqda
Buyuk Britaniya parlamenti a’zolari dunyoga mashhur Masha va Ayiq animatsion serialini mamlakat hududida taqiqlash hamda Netflix va ITVX kabi yirik platformalardan olib tashlash talabi bilan chiqdi.
DunyoBugun, 00:47
Rossiya Misrdagi ko'rgazmada G'arbni xavotirga solgan yangi qurollarni namoyish etdi
Rossiya Misrdagi ko'rgazmada G'arbni xavotirga solgan yangi qurollarni namoyish etdi
Misr poytaxtida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro aviasalonda Rossiya mudofaa sanoati o‘zining yangi va sirli qurol namunalarini namoyish etdi. Tadbirda taqdim etilgan
DunyoBugun, 00:13
Niderlandiyada dunyodagi eng yirik ananaviy gullar paradi bo'lib o'tdi
Niderlandiyada dunyodagi eng yirik ananaviy gullar paradi bo'lib o'tdi
Niderlandiyaning Zundert shahrida dunyodagi eng yirik va mashhur gul bayramlaridan biri hisoblangan Corso Zundert paradi bo‘lib o‘tdi. Ushbu an’anaviy tadbirda
DunyoKecha, 23:34