Bugun
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Italiya qishlog‘ida 30 yildan keyin chaqaloq tug‘ildi

Dunyo
32
Italiya qishlog‘ida 30 yildan keyin chaqaloq tug‘ildi
Italiyada so‘nggi 30 yil ichida ilk bor kichik bir qishloqda chaqaloq tug‘ilishi qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Abrutsso viloyatidagi Apennin tog‘lari etagida joylashgan Palyara-dey-Marsi qishlog‘ida dunyoga kelgan Lara ismli qizaloq mamlakatda davom etayotgan demografik inqiroz masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Garifalko tog‘i etagidagi bu qishloqda aholining kamayishi sababli mushuklar soni odamlardan oshib ketgan.

Tor ko‘chalarda kezib yuruvchi mushuklar qishloqning sukunatini go‘yo to‘ldirib turganday. The Guardian nashri jurnalisti Anjela Jufridaning so‘zlariga ko‘ra, bu joy uzoq yillardan buyon tinch va sokin edi.

Ammo hozirda Laraning tug‘ilishi qishloq hayotiga o‘ziga xos yangilik olib keldi. Lara Bussi Trabukko so‘nggi 30 yilda ushbu qishloqda tug‘ilgan birinchi chaqaloq bo‘ldi.

Uning tug‘ilishi bilan qishloq aholisi soni 20 nafarga yetdi. Chaqaloqning cho‘qintirish marosimi qishloq markazidagi cherkovda o‘tkazildi va bu tadbirda butun mahalla ishtirok etdi.

Mahalliy aholi bu voqeani katta quvonch bilan qabul qildi. Laraning tug‘ilishi nafaqat umid ramzi, balki Italiyadagi demografik inqirozning jiddiy ogohlantiruvchisiga aylandi.

Mamlakatda tug‘ilish ko‘rsatkichlari so‘nggi yillarda keskin pasaygan. 2024-yilda Italiyada tug‘ilishlar soni 369 mingdan sal oshib, so‘nggi 16 yildagi eng past darajaga tushdi.

Har bir ayolga o‘rtacha 1,18 nafar bola to‘g‘ri kelmoqda, bu esa Yevropa Ittifoqidagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar bu holatni ish o‘rinlarining yetishmasligi, yoshlarning ko‘chib ketishi, onalar uchun zarur shart-sharoitlarning yo‘qligi va erkaklar orasida bepushtlikning ortishi bilan izohlamoqda.

Bundan tashqari, Italiyada farzand ko‘rishdan ongli ravishda voz kechayotganlar soni ham ko‘paymoqda. 2025 yilning ilk yetti oyi davomida ham tug‘ilish ko‘rsatkichlari kamayishda davom etdi.

Xususan, Abrutsso viloyatida bu ko‘rsatkich 10 foizdan oshiq qisqardi. Palyara-dey-Marsi kabi kichik qishloqlar bu muammoning yaqqol namunasiga aylangan.

Aholi qarib bormoqda, maktablar yopilib, kelajak mavhum bo‘lib qolmoqda. Laraning ota-onasi qizaloq tug‘ilgani uchun 1000 yevro miqdoridagi bir martalik mukofot va har oy 370 yevro bola nafaqasini olmoqda.

Biroq asosiy muammo — bolani tarbiyalash va ish faoliyatini uyg‘unlashtirish masalasi — hanuz dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, qishloqda maktab allaqachon yopilgan, yaqin shaharlardagi ta’lim muassasalarining esa qancha muddat faoliyat yuritishi noma’lum.

Shunga qaramay, qishloq aholisi Larani yangi hayot va umid timsoli sifatida qabul qilmoqda. U kelajak haqida o‘ylashga undaydigan ramzga aylangan.

O‘xshash yangiliklar

Eron AQSH bazalari va mintaqa infratuzilmasini zarba nishonlari ro'yxatiga kiritdi
Eron AQSH bazalari va mintaqa infratuzilmasini zarba nishonlari ro'yxatiga kiritdi
Eron Yaqin Sharqdagi kuzatilayotgan kuchaytirish fonida o'z javob zarbalari uchun strategik nishonlar ro'yxatini e'lon qildi. Bu ro'yxatda faqat AQSH harbiy bazalari
DunyoBugun, 09:58
AQSH taklifi va Melaniya Tramp vositachiligi bilan Xersonda o't ochish to'xtatildi
AQSH taklifi va Melaniya Tramp vositachiligi bilan Xersonda o't ochish to'xtatildi
Rossiya nazorati ostidagi Xerson viloyatining Oleshki shahri atrofida 2026 yil 27 oktyabrdan boshlab vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi. Bu kelishuv
DunyoBugun, 09:32
Yandeks dron hujumlari sababli eng kuchli superkompyuterlarini ko'chirdi
Yandeks dron hujumlari sababli eng kuchli superkompyuterlarini ko'chirdi
Rossiyaning texnologiya sohasidagi eng yirik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi joriy yilning oktyabr oyida ma’lumotlarni qayta ishlash markazlariga uyushtirilgan dron hujumlaridan so‘ng
DunyoBugun, 00:13
Xitoylik mis qiroli firibgarlik uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Xitoylik mis qiroli firibgarlik uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Xitoyning yirik savdo giganti Maike Metals International kompaniyasi asoschisi va rahbari, mamlakatda mis qiroli nomi bilan tanilgan 61 yoshli Xe Szinbi shartnomaviy firibgarlik hamda poraxo‘rlikda
DunyoKecha, 23:34
Sheffild olimlari qadimgi shisha rang o'zgarish sirrini hal qildi
Sheffild olimlari qadimgi shisha rang o'zgarish sirrini hal qildi
Buyuk Britaniyadagi Sheffild universiteti olimlari qadimgi Rim shishasining yorug'lik ta'sirida rangini o'zgartiruvchi noyob xususiyatini laboratoriya sharoitlarida qayta yaratishga muvaffaq bo'ldi.
DunyoKecha, 15:28
Ilon Mask Starlink harbiy maqsadda ishlatilmasligi shartini bekitti
Ilon Mask Starlink harbiy maqsadda ishlatilmasligi shartini bekitti
Ilon Mask Starlink tizimini faqat fuqarolik maqsadlarida ishlatish shartini yana bir bor bekitti. Milliarder tizimdan bevosita hujumkor harbiy zarbalar uchun
DunyoKecha, 14:59