Bugun
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
+13°
ясно ветер 1 м/с, Ю
ENRU

AQSH va Eron: To‘rt ssenariy, xavfli ehtimollar

Dunyo
16
AQSH va Eron: To‘rt ssenariy, xavfli ehtimollar
AQSH Prezidenti Donald Tramp Tehrondagi hukumatga qarshi davom etayotgan namoyishlar fonida Eronga nisbatan keskin choralar ko‘rish ehtimolini o‘rganmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

“The Wall Street Journal” ma’lumotiga ko‘ra, AQSH Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini ehtimoliy harbiy harakatlar haqida ogohlantirgan. Shu bilan birga, Britaniyaning “The Telegraph” nashri voqealar rivojining to‘rtta asosiy ssenariysini tahlil qildi.

Birinchi ssenariy – “Ramziy zarbalar”. Bu usul AQSH tomonidan cheklangan havo hujumlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Maqsad – Eron hukumatiga namoyishchilarni qatl etish va repressiyalar javobsiz qolmasligini ko‘rsatish. Asosiy nishonlar sifatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) bazalari yoki yadroviy obyektlar ko‘rilmoqda.

Biroq bu zarbalar yetarlicha kuchli bo‘lmasa, Tehron buni AQSHning ojizligi sifatida qabul qilishi va vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Ikkinchi ssenariy – keng ko‘lamli harbiy kampaniya.

Bu rejimni butunlay ag‘darishga qaratilgan. Harbiy bazalar bilan birga davlat idoralari ham nishonga olinadi.

Bu yo‘l katta resurslarni talab qiladi va tashqi tajovuz eronliklarni hukumat atrofida birlashtirib yuborishi ehtimoli mavjud. Uchinchi ssenariy – Eron oliy rahbari Ali Xominaiyni yo‘q qilish.

AQSH bu orqali Eron hukumatini zaiflashtirib, ularni o‘z talablariga bo‘ysundirishni ko‘zlashi mumkin. Ammo Xominaiyning o‘ldirilishi butun mintaqada diniy va siyosiy nizolarni kuchaytirib, keng ko‘lamli urushga olib kelishi xavfi bor.

To‘rtinchi ssenariy – kiberurush va axborot ko‘magi. AQSH bu yo‘lda Eron ichidagi namoyishchilarni texnologik va axborot yordam bilan qo‘llab-quvvatlashni o‘ylamoqda.

Masalan, kiberhujumlar uyushtirish yoki internet blokadasini yorib o‘tish uchun texnologiyalar yetkazilishi mumkin. Ammo tahlilchilarning fikricha, bu usul uchun vaqt allaqachon boy berilgan.

Endi savol tug‘iladi: AQSHning harbiy aralashuvi mintaqada tinchlikni o‘rnatadimi yoki vaziyatni yanada izdan chiqaradimi?

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon Ramzes II haykali qismlarini topdi
Misrda dehqon tomorqa qurish jarayonida 3000 yildan ortiq qadimgi tarixga ega Ramzes II haykallarining bo‘laklari topildi. Bu voqea yer ostidagi qadimiy merosning hali
DunyoKecha, 18:18
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya cherkovida qurolli hujum: 6 halok, 28 jarohat
Iordaniya janubidagi Karak viloyatida mahalliy cherkovda dafn marosimi o‘tkazilayotgan paytda qurolli hujum sodir etildi. Noma’lum shaxslar yig‘ilgan olomonni o‘qqa
DunyoKecha, 17:06
Jons Hopkins olimlari bezgak chivining qon so'rish mexanizmini ochdi
Jons Hopkins olimlari bezgak chivining qon so'rish mexanizmini ochdi
Jons Hopkins universiteti olimlari bezgak chivini inson terisini chaqqanda xartumi va sezgir tizimi qanday ishlashini yuqori aniqlikda kuzatib oldi. Tadqiqot natijalari
DunyoKecha, 16:56
Gubkin universiteti tadqiqotchilari gaz konlarini baholash xarajatlarini qisqartiruvchi usul topdi
Gubkin universiteti tadqiqotchilari gaz konlarini baholash xarajatlarini qisqartiruvchi usul topdi
Rossiyadagi Gubkin nomidagi neft va gaz universiteti tadqiqotchilari tabiiy gaz konlarini baholash va o‘rganish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishga imkon beruvchi yangi ilmiy yondashuvni
DunyoKecha, 16:05