Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashdi, 21 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
23
Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashdi, 21 kishi halok bo‘ldi
Ispaniyaning Kordova viloyatida 18-yanvar kuni ikki tezyurar poyezd to‘qnashuvi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisa haqida ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Malaga shahridan Madridga yo‘l olgan Iryo kompaniyasiga tegishli poyezd relsdan chiqib ketgan va Ispaniya poytaxtidan Uelvaga yo‘l olayotgan boshqa poyezd bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida ikkinchi poyezd yo‘l chetidagi qiyalikdan pastga sirg‘alib tushgan. Andalusiya mintaqasining hukumat rahbari Xuanma Moreno bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea oqibatida 75 kishi jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Ulardan 15 nafari og‘ir ahvolda. Rahbarning ta’kidlashicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.

Halok bo‘lganlarning jasadlarini olib chiqish uchun og‘ir texnika jalb etilishi zarur. El Pais nashrining xabariga ko‘ra, voqea joyiga yaqin vaqt ichida ispan harbiylari ham yetib borishi kutilmoqda.

Ispaniya transport vaziri Oskar Puente esa avariya sodir bo‘lgan temiryo‘l qismi o‘tgan yili ta’mirlanganini va texnik holati yaxshi bo‘lganini ma’lum qildi. U ushbu hodisani «g‘ayrioddiy voqea» deb atadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026