Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+13°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Dunyo suv resurslari xavf ostida: inqiroz yaqin!

Dunyo
28
Dunyo suv resurslari xavf ostida: inqiroz yaqin!
Dunyo bo‘ylab suv resurslari tobora kamayib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

BMT huzuridagi Suv, atrof-muhit va sog‘liqni saqlash universiteti instituti (UNU-INWEH) tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotda bu holat haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Hisobotda aytilishicha, oxirgi 50 yil ichida 410 million gektar botqoqlik yo‘qolgan.

Yirik ko‘llar hajmi kichraymoqda, ayrim daryolar esa yilning ma’lum davrlarida dengizga yetib bormayapti. Yerosti suv zaxiralarining 70 foizga yaqini barqaror ravishda kamaymoqda, bu esa jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Iqlim o‘zgarishi ham vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. 1970 yildan buyon muzliklarning 30 foizdan ortig‘i yo‘qolgan.

Bu holat millionlab insonlar foydalanadigan suv manbalarining qisqarishiga olib kelgan. Suvdan haddan tashqari foydalanish, ifloslanish va ekologik muvozanatning buzilishi ko‘plab suv tizimlarini tiklab bo‘lmas darajaga olib kelmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilga kelib dunyo bo‘ylab taxminan 2 milliard kishi xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega bo‘lmaydi. 700 million kishi suv tanqisligi sababli yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, chuchuk suvga global talab mavjud resurslardan 40 foizga oshadi. Hisobotda O‘zbekiston bo‘yicha ham tashvishli ma’lumotlar keltirilgan.

2030 yilga borib mamlakat suv tanqisligi 7 milliard kub metrga yetishi mumkin. Bu holat O‘zbekistonni suv taqchilligi bo‘lgan 33 davlat qatoriga kiritishi taxmin qilinmoqda.

Mutaxassislar bu holatni “suv inqirozi” deb emas, balki “suv bankrotligi” deb atashni taklif qilmoqda. Ularning fikricha, ayrim hududlarda suv tizimlari o‘zini tiklay olmaydigan darajaga yetib qolgan.

Bu muammo vaqtinchalik emas, balki uzoq muddatli va jiddiy yechimlarni talab qiladi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026