Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Arzon xizmat ortidan 11 sog‘lom tishdan ayrildi

Dunyo
18
Arzon xizmat ortidan 11 sog‘lom tishdan ayrildi
Italiyaning Genuya shahrida stomatologlar tomonidan bemorning 11 sog‘lom tishi asossiz olib tashlangani jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur holat tufayli shifokorlar sud tomonidan javobgarlikka tortildi. Bu haqda "Corriere della Sera" nashri xabar berdi.

Ushbu hodisa arzon xizmat izlashning salbiy oqibatlarini yana bir bor ko‘rsatib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 55 yoshli ayol internet orqali arzon xizmat ko‘rsatadigan stomatologlarni topib, ularga murojaat qilgan.

Shifokorlar unga barcha jarayonlarni bir kunda yakunlash mumkinligini aytib, protezlarni namoyish qilishgan. Biroq muhim bosqichlardan biri bo‘lgan rentgen tekshiruvini o‘tkazishmagan.

Shuningdek, ulardan biri ayolni shoshirib, protsedura qilinmasa, tishlarini butkul yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan. Natijada, atigi to‘rt soat ichida ayolning 11 sog‘lom tishi olib tashlangan.

Uch kundan so‘ng unga protezlar o‘rnatilgan, ammo ular va’da qilinganidan farq qilgan va vaqtinchalik ekanligi ma’lum bo‘lgan. Jarayonning oqibatida ayol jiddiy muammolarga duch kelgan: u gapira olmay qolgan, ovqatlanish qiyinlashgan, hayot sifati pasaygan.

Bu holat uning shaxsiy hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan — u tish muammolaridan uyalib, sevgilisi bilan ajrashgan. Keyinchalik boshqa stomatolog unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan bo‘lsa-da, ayol hali ham ovqatni yaxshi chaynay olmasligi aniqlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, 11 tishni asossiz olib tashlagan stomatologlardan biri uch oy, ikkinchisi esa bir yil-u besh oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, jabrlanuvchiga 14 300 yevro miqdorida tovon puli to‘langan.

Ushbu holat stomatologik xizmat tanlashda ehtiyot bo‘lish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026