Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Arzon xizmat ortidan 11 sog‘lom tishdan ayrildi

Dunyo
23
Arzon xizmat ortidan 11 sog‘lom tishdan ayrildi
Italiyaning Genuya shahrida stomatologlar bemorning sog‘lom tishlarini asossiz ravishda olib tashlagani uchun sud tomonidan javobgarlikka tortildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu holat “Corriere della Sera” nashrida yoritilgan va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Bu voqea arzon xizmat izlashning xavfli oqibatlari borligini yana bir bor eslatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 55 yoshli ayol internet orqali arzon stomatologik xizmatlar taklif qiluvchi shifokorlarni topgan va ularga murojaat qilgan. Stomatologlar bemorni ishni tez yakunlash mumkinligiga ishontirgan, ammo muhim jarayonlardan biri — rentgen tekshiruvi o‘tkazilmagan.

Shifokorlardan biri bemorni qo‘rqitib, agar muolaja qilinmasa, barcha tishlarini yo‘qotishi mumkinligini aytgan. Oqibatda ayolning 11 ta sog‘lom tishi atigi to‘rt soat ichida olib tashlangan.

Uch kundan so‘ng unga protezlar o‘rnatilgan, biroq ular va’da qilinganidan farqli bo‘lib chiqdi. Keyinchalik protezlar vaqtinchalik ekani ma’lum bo‘lgan.

Bu holat ayolning hayot sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan: u gapirish va ovqatlanishda qiyinchiliklarga uchragan, shuningdek, bu muammolar shaxsiy hayotini ham izdan chiqargan. Ayol sevgilisi bilan ajrashishga majbur bo‘lgan va keyinchalik boshqa stomatologga murojaat qilgan bo‘lsa-da, ovqatni to‘g‘ri chaynashda muammolar davom etgan.

Sud qaroriga ko‘ra, bemorning tishlarini noto‘g‘ri olib tashlagan stomatologlardan biri uch oy, ikkinchisi esa bir yil-u besh oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan. Bundan tashqari, jabrlanuvchiga 14 300 yevro miqdorida tovon puli to‘lanishi belgilangan.

Bu voqea stomatolog tanlashda ehtiyot bo‘lish va professional xizmatlarga murojaat qilishning naqadar muhim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026