Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Zambiyada fillardan qochgan erkakka timsoh hujum qildi

Dunyo
24
Zambiyada fillardan qochgan erkakka timsoh hujum qildi
Zambiyada fillardan qochishga uringan erkak fojiali hodisaga uchradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Din Nirenda ismli fuqaro ikki do‘sti bilan baliq ovlayotgan paytda sodir bo‘lgan. Ular kutilmaganda tajovuzkor fillarga duch kelishgan.

Uchovlon jon saqlash uchun qochishga tushgan. Nirenda esa yashirinish maqsadida daryo yaqinidagi soyga sho‘ng‘igan.

Afsuski, shu paytda unga timsoh hujum qilib, o‘ng oyog‘ini tishlab olgan. Nirenda timsohga qarshilik ko‘rsatib, tayoq bilan zarba berib, suvdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Voqeani tomosha qilib turgan do‘stlari darhol yordamga kelib, uni xavfsiz joyga olib chiqishgan. Ular jabrlanuvchining qon yo‘qotishini to‘xtatishga harakat qilishgan, lekin Nirendaning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, Zambiyada fillarning soni ortib borayotgani sababli odamlar va yovvoyi hayvonlar o‘rtasidagi mojarolar ko‘paymoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Janubiy Luangva milliy bog‘i orqali oqib o‘tuvchi Luangva daryosi Nil timsohlari eng ko‘p yashaydigan hududlardan biri hisoblanadi.

Shu sababli, Zambiya hukumati va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari mahalliy aholi hamda sayyohlarni yovvoyi hayvonlar yashaydigan hududlarda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026