Bugun
Shohjahon Ergashev raqiblariga keskin javob berdi
+11°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Nemislar AQSHni dunyo tinchligiga tahdid deb bilmoqda

Dunyo
19
Nemislar AQSHni dunyo tinchligiga tahdid deb bilmoqda
Germaniya aholisi orasida AQSHning dunyo tinchligiga tahdid soluvchi davlat sifatida ko‘rilishi bo‘yicha qarashlar o‘zgarib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Allensbax instituti o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalari nemis jamiyatida xavotirlar kuchayganini va geosiyosiy vaziyatga nisbatan yondashuvlar o‘zgarayotganini ko‘rsatdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, nemislarning 65 foizi AQSHni dunyo barqarorligiga eng katta xavf soluvchi davlat sifatida baholagan.

Bu ko‘rsatkich 2025 yilda 46 foiz, 2024 yilda esa 24 foiz edi. Bu raqamlar AQSH tashqi siyosatiga nisbatan ishonch pasayib borayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, NATO doirasidagi ittifoqchilikka bo‘lgan ishonch ham kamaygan. Respondentlarning atigi 32 foizi Yevropaga hujum qilinsa, AQSH yordam beradi, deb hisoblaydi.

Rossiya esa Germaniya aholisi uchun asosiy xavf manbai bo‘lib qolmoqda. So‘rovda qatnashganlarning 81 foizi Rossiyani tinchlikka tahdid sifatida ko‘rsatgan.

Xitoy ham tahdid sifatida tilga olinib, respondentlarning 46 foizi uni xavfli davlat deb hisoblagan. Biroq tashqi tahdidlar kuchayganiga qaramay, nemislarning ko‘pchiligi Germaniyaning urush girdobiga tortilishiga ishonmaydi.

So‘rovda qatnashganlarning 45 foizi urush ehtimolini juda past deb baholagan, faqat 28 foizi esa qurolli to‘qnashuvdan xavotir bildirgan. Shunga qaramay, nemislarning 49 foizi og‘ir vaziyatlarda ham vatanini tark etmasligini ta’kidlagan, bu esa jamiyatda vatanparvarlik tuyg‘usi saqlanib qolganini ko‘rsatadi.

Mazkur so‘rov 16 yoshdan katta bo‘lgan mingdan ortiq respondentlar o‘rtasida o‘tkazilib, bugungi kunning dolzarb geosiyosiy xatarlarini yoritib bergan. Sizningcha, dunyo tinchligiga haqiqiy tahdid qaysi davlatdan kelishi mumkin?

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13