Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Xitoyda 10 kishilik uchar taksi sinovi o‘tkazildi

Dunyo
11
Xitoyda 10 kishilik uchar taksi sinovi o‘tkazildi
Kecha, 10-fevral kuni Xitoyning Fengfei Aviation Technology kompaniyasi o‘zining yangi ishlab chiqargan V5000 eVTOL (elektr quvvatida ishlovchi vertikal uchish va qo‘nish qurilmasi) sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qurilma dunyodagi eng yirik uchar taksi bo‘lib, uning og‘irligi 5 tonnani tashkil qiladi. Bu haqda “Gizmochina” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchar taksi Szyansu provinsiyasidagi Kunshan bazasidan uchirilgan. Qurilma vertikal ko‘tarilib, keyin gorizontal parvozga muammosiz o‘tgan va o‘zining texnik imkoniyatlarini to‘liq namoyish qilgan.

Ushbu loyiha nafaqat texnologik tajriba sifatida, balki shahar ichidagi tirbandlikni kamaytirish hamda G‘arb davlatlarini havo transporti sohasida ortda qoldirish strategiyasining bir qismi sifatida baholanmoqda. Qurilma 20 ta dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, ularning ayrimlari ishlamay qolgan taqdirda ham xavfsiz parvozni davom ettira oladi.

Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan V5000 Matrix modeli 10 kishilik sig‘imga ega. Ushbu uchar taksi gibrid rejimda 1500 kilometrgacha, faqat elektr quvvatida esa 250 kilometr masofani bosib o‘tadi.

Bu esa uzoq hududlar bilan shahar markazini bog‘lovchi ekologik toza va tezkor transport vositasi sifatida ko‘rilmoqda. Xalqaro aviatsiya ekspertlari mazkur sinovni katta yutuq sifatida baholashmoqda.

Avvalgi eVTOL qurilmalari odatda 6 kishidan ortiq yo‘lovchi tashimagan bo‘lsa, V5000 bir vaqtning o‘zida 10 kishini tashish imkoniyati bilan havoda jamoat transportining yangi davrini boshlab berdi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59