Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Norvegiya maktablarida telefon cheklovi ijobiy natija berdi

Dunyo
25
Norvegiya maktablarida telefon cheklovi ijobiy natija berdi
Norvegiya maktablarida mobil telefonlardan foydalanishni cheklash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ta’lim tizimi uchun muhim natijalarni ko‘rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Norvegiya fan va texnologiya universiteti tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadqiqotda “mobil telefonsiz maktablar” modeli samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, telefonlardan foydalanishga cheklov kiritilgan maktablarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.

Xususan, darslarda o‘quvchilar o‘rtasidagi nizolar kamaygan, sinfxonalarda tinch muhit shakllangan. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar samimiyroq bo‘lib, maktab ijtimoiy jihatdan qulay va xavfsiz makon sifatida shakllangan.

Tanaffus paytlarida bolalar endi ko‘proq jonli muloqot qilishga, birgalikda o‘ynash va harakatli mashg‘ulotlarga vaqt ajratishga odatlangan. Bu esa ularning ijtimoiy faolligi va jamoaviy ishtirokini oshirgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, telefonlardan foydalanish cheklangach, o‘quvchilar darslarga va real hayotdagi faoliyatlarga ko‘proq e’tibor qaratgan. Tadqiqotda “raqamli bosim”ning kamaygani ham qayd etilgan.

Ko‘plab bolalar doimiy onlayn bo‘lish va xabarlarni kuzatish kabi bosimdan xalos bo‘lgan. Bu ularning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, o‘zlarini erkinroq his qilishlariga yordam bergan.

Cheklovlar turli maktablarda turlicha qo‘llanilgan. Ayrim maktablarda telefonlar maxsus shkaflarda saqlangan, boshqalarida esa sinfxonalarda foydalanish butunlay taqiqlangan.

Ba’zi joylarda esa faqat belgilangan vaqt davomida foydalanishga ruxsat berilgan. Bu yondashuv telefonlarni butunlay taqiqlash emas, balki o‘quv jarayoni uchun tartib va me’yor yaratishga qaratilgan.

Norvegiya ta’lim vaziri Kari Nessa Nordtun tadqiqot natijalari o‘qituvchilar va ota-onalarning fikrlarini tasdiqlashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, telefonlardan erkinroq muhit maktablarni xavfsiz va ta’lim olish uchun qulayroq qiladi.

Ushbu tajriba boshqa davlatlar uchun ham foydali yo‘nalish bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59