Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Mojtaba Xomana Eron oliy rahbari etib saylandi

Dunyo
50
Mojtaba Xomana Eron oliy rahbari etib saylandi
Eronning oliy rahbari lavozimiga marhum Oyatulloh Ali Xomananing o‘g‘li Mojtaba Xomanai saylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatning oliy diniy kengashi bu qarorni rasmiy ravishda e’lon qildi. Qaror qabul qilingandan so‘ng, kengash a’zolari eronliklarni milliy birlikni mustahkamlashga va yangi rahbar atrofida birlashishga chaqirdi.

Davlat ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bayonotda tanlov qat’iy ovoz berish orqali amalga oshirilgani ta’kidlandi. Mojtaba Xomanaining tayinlanishi 1979 yildagi Islom inqilobidan buyon birinchi marta oliy hokimiyatning otadan o‘g‘ilga o‘tishi sifatida tarixga kirdi.

Bu holat mamlakatda sulolaviy boshqaruv tizimining shakllanishi haqida yangi munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin. Eron qurolli kuchlari va parlament rahbariyati ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlab, uni diniy va milliy burch deb atadi.

Shu bilan birga, mazkur tayinlov xalqaro maydonda keskin munosabatlarga olib kelmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp Mojtaba Xomanaini qabul qilib bo‘lmas nomzod deb atadi va Vashington Eronning kelajakdagi siyosiy yo‘nalishida o‘z ta’sirini saqlab qolishi kerakligini ta’kidladi.

Isroil harbiylari esa Ali Xomananing barcha vorislarini kuzatishda davom etishini ma’lum qildi. Tahlilchilarga ko‘ra, bu qaror mintaqadagi mojaro va ziddiyatlarni kuchaytirishi ehtimoldan holi emas.

Yamanlik husiylar esa yangi rahbarning saylanishini Islom inqilobining navbatdagi muvaffaqiyati deb hisoblab, uni tabrikladilar. 56 yoshli Mojtaba Xomanai ilgari hech qanday saylanadigan lavozimni egallamagan bo‘lsa-da, uzoq yillar davomida Eron hokimiyatining markazida faoliyat yuritib kelgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026