ENRU

Eron osmonidagi kislotali bulutlar haqidagi xabarlar ilmiy jihatdan asossiz

Dunyo
26
Eron osmonidagi kislotali bulutlar haqidagi xabarlar ilmiy jihatdan asossiz
Ijtimoiy tarmoqlarda oxirgi kunlarda Eron osmonida kislotali bulutlar paydo bo‘lgani va ularning Markaziy Osiyo hududlariga yetib kelishi, natijada kislotali yomg‘ir tushish xavfi borligi haqida turli xil xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu yangiliklar xalq orasida bir qancha tushunmovchilik va bezovtalik uyg‘otdi. Biroq, mutaxassislar bu g‘oyalar ilmiy jihatdan asossiz ekanligini ta’kidlab o‘tishmoqda.

Kislotali yog‘inlar paydo bo‘lishining asosiy sababi atmosferada uzoq vaqt davomida oltingugurt oksidlari va azot oksidlari to‘planib, bulutlardagi suv bug‘i bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi hisoblanadi. Odatda bunday hodisalar yirik sanoat korxonalari joylashgan hududlarda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqindilar ajraladigan joylarda kuzatiladi.

Eron bilan bizning mamlakatimiz orasidagi masofa shunchalik katta bo‘lganligi sababli, u yerdagi ifloslantiruvchi moddalar havo massalari bilan birga bizgacha yetib kelish ehtimoli juda past. Havo oqimi uzoq masofaga harakatlanayotganda undagi zararli moddalar miqdori atmosferadagi tabiiy aralashish va cho‘kish jarayonlari ta’sirida tez orada kamayib ketadi.

Shuning uchun manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli darajadagi kislatali yog‘inlar shakllanishi ilmiy jihatdan deyarli mumkin emas. Bundan tashqari, yog‘inlar asosan mahalliy bulutlarning shakllanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Ya’ni, yomg‘ir yoki qor tushishi uchun hududimiz ustidagi atmosferada mavjud suv bug‘i va aerozollar muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda Eron tomonidan keladigan kislatali bulutlar tufayli xavotirga olish shart emas.

Tabiiy jarayonlar va ilmiy dalillar buni tasdiqlab turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59