Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Eron qo‘mondoni: Yaqin Sharqda tinchlik uchun AQSh chiqishi kerak

Dunyo
18
Eron qo'mondoni: Yaqin Sharqda tinchlik uchun AQSh chiqishi kerak
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Alireza Tangsiri Yaqin Sharq mintaqasidagi tinchlik va barqarorlik masalasi bo‘yicha muhim bayonot bergan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mintaqada to‘liq tinchlik o‘rnatishning asosiy to‘siqlaridan biri Amerika Qo‘shma Shtatlarining Fors ko‘rfazi atrofidagi davlatlardagi harbiy bazalaridir. Qo‘mondonning ta’kidlashicha, agar dunyo hamjamiyati va mintaqaviy davlatlar haqiqatan ham barqarorlikka erishmoqchi bo‘lsa, Vashingtonning harbiy kuchlari ushbu hududlardan chiqib ketishi shart.

Tashqi kuchlarning o‘zaro kelishmovchiliklarini hal qilmasdan, faqat harbiy ishtirok orqali vaziyatni nazorat qilishga urinishi muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda. Eron vakili shuningdek, o‘z davlatining bir necha marta Fors ko‘rfazi mamlakatlarini ogohlantirib kelganini eslatdi.

Uning fikricha, AQSH o‘z geosiyosiy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida ba’zan mintaqaviy hamkorlarning xavfsizligini ham qurbon qilishdan qaytmaydi. Bu esa hududdagi ishonch muhitini buzadi va kelajakdagi hamkorlikni qiyinlashtiradi.

Alireza Tangsiri yana bir jiddiy masalaga e’tibor qaratdi. U Eron oliy rahbari Ali Xominaiy tomonidan ehtimoliy hujumlar holatida amalga oshiriladigan harbiy javob choralarini oldindan tasdiqlaganini ma’lum qildi.

Demak, agar AQSH yoki Isroil tomonidan zarba bersa, Eronning tayyor va aniq harakat rejasi mavjud bo‘ladi. Qo‘mondon Vashingtonning strategik hisob-kitoblariga ham o‘z munosabatini bildirdi.

Amerikalik mutaxassislar Eronga qarshi harbiy amaliyotni qisqa muddatli deb baholab, uning mintaqaga katta ta’sir ko‘rsatmasligini taxmin qilmoqdalar. Biroq Tangsiri ushbu qarashlar noto‘g‘ri va vaziyatni to‘liq anglamaslik natijasi ekanligini ta’kidladi.

Eron rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, mintaqada yuzaga keladigan har qanday kichik to‘qnashuv butun Yaqin Sharq xavfsizligi uchun jiddiy tahdid bo‘lishi mumkin. Shu bois, tashqi kuchlarning harbiy mavjudligini kamaytirish va muammolarni mahalliy davlatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali hal qilish eng to‘g‘ri yechimdir.

Bu yo‘l mintaqada uzun muddatli tinchlikka erishishga hamda yangi nizolarning oldini olishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026