Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Sun’iy intellekt yordamida it uchun saraton vaksinasini yaratish

Dunyo
19
Sun'iy intellekt yordamida it uchun saraton vaksinasini yaratish
Avstraliyalik tadbirkor Pol Kuningham o‘zining Rozi nomli iti uchun sun’iy intellekt yordamida maxsus saraton vaksinasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu voqea tibbiyot tarixida hayvon uchun shaxsiylashtirilgan mRNA vaksinasini ishlab chiqarishga qilingan birinchi muhim urinish hisoblanadi. Rozi it teri saratonining og‘ir shakliga chalingan bo‘lib, unda standart davolash usullari kutilgan natijani bermagan.

Tadbirkor bu vaziyatdan chiqish uchun itning DNKsini to‘liq tahlil qilishga qaror qildi va zamonaviy sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish yo‘lga qo‘ydi. Kuningham AI texnologiyalari yordamida itning genetik ma’lumotlarini chuqur o‘rgandi va o‘sma hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan mutatsiyalarni aniqladi.

Keyinchalik u AlphaFold dasturidan foydalanib, ushbu mutatsiyalar oqsil tuzilishiga qanday ta’sir qilganini aniqlab, davolash uchun eng samarali nishonlarni topdi. Olingan ma’lumotlar Avstraliyadagi UNSW RNA institutiga yo‘naltirildi va u yerda olimlar Rozi uchun individual vaksina tayyorlashni boshladilar.

Vaktsinani qabul qilgandan so‘ng, Rozi ahvoli sezilarli darajada yaxshilandi. Xabarlarga ko‘ra, itning tanasidagi eng katta o‘sma deyarli yarmiga qisqargan.

Hozirda tibbiyot mutaxassislari qolgan o‘smalarni yo‘q qilish uchun davolashning ikkinchi bosqichini rejalashtirmoqdalar. Olimlar bu muvaffaqiyat kelajakda nafaqat hayvonlarga, balki insonlar uchun ham saratonni davolashning yangi va samarali usullarini yaratishga yordam berishiga ishonch bildirmoqdalar.

Bu tajriba sun’iy intellektning tibbiyot sohasidagi salohiyatini yanada ochib berdi. Garchi ushbu yondashuv hali tajriba bosqichida bo‘lsa-da, uning dastlabki natijalari shaxsiylashtirilgan tibbiyotni rivojlantirishda texnologiyaning qanchalik tez natija berishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Kelajakda bunday usullar ko‘plab bemorlarning hayotini saqlab qolishga va og‘ir kasalliklar bilan kurashda yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026