Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

O‘zbekistonlik ayol Izmirdagi yiqilishdan og‘ir ahvolda davolanmoqda

Dunyo
49
O‘zbekistonlik ayol Izmirdagi yiqilishdan og‘ir ahvolda davolanmoqda
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sevdora Hakimjonova Izmirdagi yashash joyi bo‘lgan ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatidan yiqilib tushgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hozirda u davlat shifoxonasida davolanmoqda. Shifokorlarning bildirishicha, uning ahvoli og‘ir.

Konsulxona hodisa yuzasidan vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Hakimjonova Turkiya fuqarosi bilan diniy nikohdan o‘tgan, ammo bu nikoh rasmiy tarzda qayd etilmagan.

Nikoh marosimi Namangan viloyatining Chust tumanida bo‘lib o‘tgan. Keyinchalik er-xotin Izmirga ko‘chib o‘tib, kuyovning yaqin qarindoshlari bilan bir uyda yashagan.

Shuningdek, Hakimjonovaning eri ham uning singari eshitish va nutqda nuqsonlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tergovchilar voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash ustida faol ish olib bormoqda. To‘plangan materiallar belgilangan tartibda prokuratura tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026