Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Yosh kurer yordami butun bir oilaning taqdirini o‘zgartirdi

Dunyo
19
Yosh kurer yordami butun bir oilaning taqdirini o'zgartirdi
Aqshning Tennessi shtatida joylashgan Manchestershir shahrida yashovchi Brittani Smitning sodda ishlari butun bir oilaning taqdirini o‘zgartirib yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu voqea shahar aholisi uchun oddiy taom yetkazish xizmati bilan boshlangan edi. Brittani "DoorDash" ilovasi orqali ovqat buyurtma qildi va uni yetkazib kelgan kurer 78 yoshli Richard Palli ekanligini bilmasdi.

Video tasvirlarda ko‘rinib turibdiki, yoshli Richard zinadan og‘ir paketni olib chiqishga qiyinchilik bilan urinmoqda edi. Bu sahna Brittani Smitning yuragiga tegdi va u kurerlarning og‘ir ahvolini chuqur his qildi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Richard nafaqada bo‘lsa-da, oilasining moliyaviy qiyinchiliklari uni yana ishlashga majbur qilgan. Uning rafiqasi Brenda ishsiz bo‘lib, uy xarajatlarini qoplash va tibbiy muolajalar uchun yetarli daromad yo‘q edi.

Shu sababli juftlik birgalikda ishlay boshladilar: Brenda mashinani haydar, Richard esa buyurtmani mijozlarga yetkazar edi. Brittani Smit kurerga qo‘shimcha choy puli berishni xohladi, lekin ilova tizimi buni imkonsiz qildi.

U darhol Richardning holatini ko‘rsatuvchi videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylab, yordam so‘radi. Insonlarning mehribonligi kutilmaganda tez namoyon bo‘ldi.

Tez orada 32 mingdan ortiq inson bu xayriya harakatiga qo‘shildi va jami 955 ming dollarga yaqin mablag‘ yig‘ildi. Brenda Palli bu voqea haqida gapirib, tanish bo‘lmasamiz ham odamlar yordamga shoshilishi biz uchun haqiqiy mo‘jiza ekanligini aytib o‘tdi.

Richard esa pulning shu qadar tez yig‘ilishidan hayron bo‘lib, bir necha kun uyqusizlikni boshdan kechirdi. Ular endi moliyaviy yukdan xalos bo‘lganini va hayotlari yana o‘z iziga tushganini bilan xursand bo‘lmoqdalar.

Bu voqea insoniylik va bir-biriga yordam berishning qanchalik katta kuch ekanligini yana bir bor isbotlab berdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026