Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

AQSh Eron bilan jangovar vaziyatga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Dunyo
65
AQSh Eron bilan jangovar vaziyatga tayyorgarlik ko'rmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron o‘rtasidagi kuchayib borayotgan kelishmovchiliklar fonida Vashington mintaqadagi harbiy mavqeinini mustahkamlashga qaratilgan jiddiy choralar ko‘rayapti. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xalqaro axborot vositalari xabariga ko‘ra, AQSh dengiz kuchlari Yaqin Sharqqa amfibiya kemalari va dengiz piyodalari kontingentini tashishni tezlashtirdi. Ushbu harbiy guruhning poydevorini tashkil etuvchi USS Boxer kemasi G‘arbiy Qirg‘oqdan rejalashtirilgan sanadan bir kun oldin yo‘lga chiqdi.

Ushbu flotda 11-dengiz piyodalari ekspeditsion bo‘linmasi hamda ularni qo‘llab-quvvatlovchi USS Portland va USS Comstock kemalari ham ishtirok etmoqda. Bu guruh tarkibida kamida ikki ming ikki yuz nafar harbiy xizmatchilar borligi ma’lum bo‘ldi.

Mintaqada vaziyatning keskinlashishi sababli kemalar faqat shaxsiy tarkibni emas, balki zamonaviy F-35 qiruvchi samolyotlari, turli xil raketalar va maxsus harbiy jihozlarni ham olib bormoqda. Kuzatuvchilarning fikricha, kelajakda ushbu harbiy ko‘chirish jarayonida jami to‘rt ming nafargacha askar ishtirok etishi mumkin.

Bu qadam Vashingtonda Eron bilan bo‘lgan mojaro faqat havo va dengiz urushlari bilan cheklanib qolmaydi, balki u kengroq quruqlik amaliyotlariga ham aylanishi mumkin degan taxminlarni kuchaytirmoqda. Prezident Donald Tramp boshchiligidagi ma’muriyat hozirda bir nechta harbiy ssenariylarni o‘rganyapti.

Ularning orasida mintaqaga minglab qo‘shimcha qo‘shinlar yuborish, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va Eron neft eksportining asosiy maskaniga aylangan Xark oroliga quruqlik bo‘linmalarini joylashtirish kabi variantlar ham bor. Tramp hozircha yangi qo‘shin yuborish haqida ochiq e’lon qilgani yo‘q, ammo vaziyatni nazorat ostida tutish uchun AQSh barcha zarur choralar ko‘rishga tayyorligini ta’kidladi.

Ushbu voqealar o‘tgan yilning 28 fevralida boshlangan AQSh va Isroilning Eron hududiga qilgan ilk havo hujumlaridan keyin yuz berdi. O‘sha kundan beri Tehron Fors ko‘rfazi bo‘ylab va Isroil tomoniga qarata raketa hamda dron hujumlarini davom ettirmoqda.

Eron rasmiylari dunyoning eng muhim energetika yo‘llaridan biri bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi ustida to‘liq nazorat o‘rnatganini da’vo qilmoqda va mintaqadagi harakatni izdan chiqarganini aytib kelmoqda. Hozirgi kunda dunyo yetakchi davlatlari ushbu vaziyatning yanada keskinlashib ketmasligi uchun kuzatuvchi rolida turishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026