Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Xalqaro sud Rossiya moliya rahbarlarini hibsga olmoqchi

Dunyo
33
Xalqaro sud Rossiya moliya rahbarlarini hibsga olmoqchi
Gaagada joylashgan Xalqaro jinoiy sud Rossiyaning yuqori martabali moliya amaldorlari — Moliya vaziri Anton Siluanov va Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullinaga nisbatan hibsga olish orderi chiqarishni so‘radi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu tashabbus Amerikaning LexCollective nodavlat tashkiloti tomonidan ilgari surildi, deb xabar berdi Financial Times. Murojaat tayyorlash jarayonida B4Ukraine jamoat koalitsiyasi hamda Ukraina huquqshunoslaridan tashkil topgan maslahatchilar guruhi faol ishtirok etdi.

Ular Rossiyaning moliyaviy tarmoqlari orqali Ukraina hududlaridagi noqonuniy nazoratni moliyalashtirish yuzasidan Xalqaro jinoiy sudni tekshiruv o‘tkazishga chaqirmoqda. Murojaatda Rossiyaning uchta yirik moliyaviy muassasasi — Promsvyazbank, Xalqaro hisob-kitoblar banki va Rossiya Markaziy banki rahbarlari tanqid ostiga olindi.

Xususan, Xerson viloyatining bosib olingan hududlaridagi bank amaliyotlari misol sifatida keltirildi. Rossiya tomonidan egallangan hududlarda grivna muomalasi taqiqlanib, mahalliy aholi rublni majburiy va sun’iy past kursda qabul qilishga majbur qilindi.

Bu holat Rossiya bank tizimi orqali moliyaviy manfaatlar olishning asosiy vositasiga aylangan. Murojaatda shuningdek, mahalliy aholiga bank xizmatlaridan foydalanish uchun Rossiya fuqaroligini olishga va shu orqali “Rossiyaga sadoqat”ni namoyon etishga majburlik qilinayotgani aytiladi.

Bu esa xalqaro huquq nuqtai nazaridan bosqinni moliyalashtirish va qonuniylashtirishga urinish sifatida baholanmoqda. Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina hududidagi bosib olingan joylarda Rossiya Markaziy banki maxsus “dala bo‘linmalari” tashkil qilgan va ular orqali rossiyalik harbiylarga to‘lovlar amalga oshirilgan.

Hujjat mualliflari Xalqaro jinoiy suddan Nabiullina va Siluanov harakatlarini “bosqinni moliyalashtirish” deb baholash va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘ramoqda. Mutaxassislar fikricha, ushbu murojaat xalqaro huquq tizimida yangi bosqichni boshlab beradi.

Chunki ilk bor Ukraina hududidagi noqonuniy ishlar davlat moliyasi va markaziy bank siyosati asosida ochiq ayblovlarga sabab bo‘ldi. Endilikda jamoatchilik diqqat markazida Xalqaro jinoiy sudning bu murojaatga munosabati va qonuniy qaror qabul qilishi turibdi.

Rossiya moliyaviy elitasining javobgarligi yangi bosqichga ko‘tarilishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026