Bugun
Vinisius Junior Luka Modrichni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
+20°
ясно ветер 3.1 м/с, СВ

Surxondaryoda qoraytirilgan oynalar uchun jarima va qamoq

Jamiyat
10
Surxondaryoda qoraytirilgan oynalar uchun jarima va qamoq
Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videorolikka izoh berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda "KIA" rusumli avtomobil haydovchisi tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari haqorat qilingan videorolik tarqaldi. Avvalroq Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari ushbu fuqaroning hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtatganida, uning avtomobilining old eshik oynalari ruxsatsiz qoraytirilgani aniqlangan.

Fuqaro haqida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan, ammo u bu holatdan xulosa chiqarmay, yana shu kabi qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan. Ikkinchi marta ushlanganida esa hujjatlarini inspektorlarga qoldirib, tezda voqea joyidan ketishga harakat qilgan.

Mazkur holat bo‘yicha fuqaro haqida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining “Kichik bezorilik” hamda “Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik” moddalariga muvofiq hujjatlar rasmiylashtirildi. Unga to‘rt sutkaga ma’muriy qamoq jazosi belgilandi va oynalarni ruxsatsiz qoraytirgani uchun 20 bazaviy hisoblash miqdorida, ya’ni 7 million 500 ming so‘m jarima solindi.

Shuningdek, fuqaro ilgari ham haqorat qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Haqqorat” moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish rasman ochildi
Cobalt uchun shartnoma olish boshlandi: Driver's Village'da Midnight pozitsiyasiga (4 pozitsiya) shartnoma rasman ochdi. UzAuto Motors rasmiy avtosalonl orqali Cobalt shartnoma olish
Avto 19:30, 28-04-2025
Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Joriy yilning 27 aprel sanasida Toshkent shahrida ko‘cha futboli bo‘yicha o‘ziga xos va qiziqarli formatda o‘tkazilgan Red Bull Four 2 Score xalqaro turnirining milliy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Sport 15:28, 28-04-2025
Chaleta-Car kelasi mavsum “Real Sosedad”da ijara asosida o‘ynaydi
Chaleta-Car kelasi mavsum “Real Sosedad”da ijara asosida o‘ynaydi
Xorvatiyalik himoyachi Duye Chaleta-Car kelasi mavsumni Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoasida o‘tkazadi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda Fransiyaning mashhur nashri xabar
Sport 04:13, 30-07-2025
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
Windows 11 va 10 foydalanuvchilari uchun muhim yangiliklar
Windows 11 va 10 foydalanuvchilari uchun muhim yangiliklar
Microsoft kompaniyasi Windows 11 va Windows 10 operatsion tizimlari uchun katta yangilanishlarni chiqardi. Fevral oyidagi 2025 yilgi apdeyt tizim xavfsizligini mustahkamlash va foydalanuvchilar
Texnologiya 08:23, 16-02-2025