Bugun
Aston Villa Marko Asensioni yana ijaraga olishni istamoqda
+27°
ясно ветер 2.1 м/с, ЮВ

Bolalar huquqlari himoyasida yangi qonun loyihasi

Jamiyat
2
Bolalar huquqlari himoyasida yangi qonun loyihasi
O‘zbekiston qonunchilik tizimida bolalar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ta’qdim etilgan va birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi vasiylik va homiylik vazifalarini to‘liq yoki lozim darajada bajarmagan shaxslarga ma’muriy javobgarlik joriy etilishini nazarda tutadi. Ushbu tashabbus ijtimoiy himoya tizimini isloh qilishning muhim qismidir.

Qonun loyihasiga ko‘ra, ilgari vasiy yoki homiylik vazifalaridan chetlashtirilgan shaxslarga umr bo‘yi farzandlikka olish taqiqlanadi va ular kelajakda ham bu lavozimlarga tayinlanmaydi. Yangi tizimda markaziy o‘rin Milliy ijtimoiy himoya agentligiga beriladi.

Ushbu agentlik va uning hududiy bo‘linmalari yetim va ota-onasining parvarishidan mahrum bolalarni aniqlash, ularning hisobini yuritish hamda muqobil tarbiyaviy muhitni ta’minlash mas’uliyatini oladi. Shuningdek, islohot doirasida notariat faoliyati ham yangilanishi ko‘zda tutilgan.

Endilikda notariuslar farzandlikka olish, vasiylik yoki homiylikka oid barcha arizalar haqida «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazlariga ma’lumot berishga majbur bo‘ladi. Bu chora jarayonlarning oshkoraligini oshirish va bolalar taqdiri bilan bog‘liq jarayonlarga qo‘shimcha nazorat o‘rnatishga xizmat qiladi.

Bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida ilgari ham jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslarga o‘zgartirishlar kiritilib, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun jazolar kuchaytirilgan. Bu kompleks yondashuv nafaqat qilingan huquqbuzarliklarni jazolash, balki ularni oldini olishga ham xizmat qiladi va jamiyatda bolalar huquqlariga hurmatsizlikka nisbatan qat’iy munosabatni shakllantiradi.

Yangi tizim doirasida vasiy va homiylarni tayinlash vakolatlari hokimlardan «Inson» ijtimoiy xizmatlari markazlari direktorlariga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa mas’uliyatni oshirish va xizmatlarni yanada samarali tashkil etishga imkon beradi.

Umuman olganda, amalga oshirilayotgan islohotlar bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida tizimli va samarali o‘zgarishlarni ta’minlashga qaratilgan.
[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025