Bugun
Akinfeev Cherchesovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
+32°
ясно ветер 3.1 м/с, СЗ

Buxoroda ikki firibgar ushlangan, tergov davom etmoqda

Jamiyat
6
Buxoroda ikki firibgar ushlangan, tergov davom etmoqda
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, internet firibgarlari shaxslari aniqlangan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Joriy yilning 24 iyul kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. U o‘ziga noma’lum shaxs ishonch bildirgan holda firibgarlik yo‘li bilan 4 175 000 so‘m miqdorida pul mablag‘larini qo‘lga kiritganini bildirgan.

Firibgar fuqaro bilan qimmatbaho sovrin yutganligi haqida gaplashib, sovrin yetkazib berilishi uchun pul talab qilgan. Jabrlanuvchi ishonib, mablag‘larni yuborgan.

O‘tkazilgan tergov-surishtiruv natijasida firibgar Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan shaxs ekani aniqlangan. Shuningdek, Buxoro viloyatining boshqa bir fuqarosi, Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidan bo‘lgan fuqaro ham huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

U bank plastik kartasidan 4 700 000 so‘m mablag‘lari g‘oyib bo‘lganini ma’lum qilgan. Tergov davomida aniqlanishicha, firibgar Toshkent viloyatida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib, u fuqaroning SMS orqali kelgan maxfiy kodini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pul mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Ikki holatda ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Firibgarlik” moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Firibgarlarga 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Hozirda ichki ishlar organlari xodimlari firibgarlikda ayblangan shaxslarning boshqa o‘xshash jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
Bugun, 21 may kuni Bilbaoda Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Angliyaning ikki jamoasi – «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» nufuz jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan yevrokubok uchun o‘zaro
Sport 16:11, 21-05-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
14:57
Akinfeev Cherchesovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
14:52
Al-Ittihod Braga hujumchisini sotib olmoqchi