Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 fevral
+7°
пасмурно ветер 4.3 м/с, ЮВ

O‘zbekistonda uy-joy xaridiga keshbek joriy etiladi

Jamiyat
25
O‘zbekistonda uy-joy xaridiga keshbek joriy etiladi
O‘zbekistonda uy-joy xarid qilganda keshbek joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bu haqda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov qurilish sohasidagi vakillar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, hozirda uy-joy bozoridagi taxminan 90 foiz bitimlar soliqlar to‘lanmasdan amalga oshirilmoqda.

Keshbek tizimini joriy etish orqali fuqarolarni xaridlarni rasmiylashtirishga va hisob-faktura talab qilishga undash maqsad qilinmoqda. Bu esa ko‘chmas mulk bozorini yanada shaffof qilishga xizmat qiladi.

Xaridorlarga uy yoki kvartira narxining 4-6 foizigacha keshbek shaklida qaytarilishi mumkin. Masalan, 50 ming dollarlik kvartira sotib olganda xaridor 2 mingdan 3 ming dollargacha keshbek olishi mumkin.

Ushbu mexanizm bozorni qonuniylashtirish va soliq tushumlarini oshirishda muhim qadam bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar