
2023 yil 7 sentyabr kuni soat 12:20 atrofida xalqaro A-373 «Toshkent-Osh» avtomobil yo‘lida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Hodisada bir nechta avtomobillar ishtirok etgan. Bu haqda UPL muxbiri xabar berdi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarda halok bo‘lganlar va jarohat olganlar soni haqida aniq ma’lumot berilmagan. Norasmiy manbalarga ko‘ra, qurbonlar soni 10 nafarga yetishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu yo‘l-transport hodisasi joyidan olingan videolar tarqaldi. Videolarda bir nechta avtomobillar ishtirokidagi avariya hamda uning oqibatida yuzaga kelgan yong‘in tasvirlangan.
Hodisa joyida tezkor xizmatlar faoliyat olib bormoqda. Tergov jarayonlari davom etmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish muhimligi yana bir bor ta’kidlanmoqda.