ENRU

Masha Tilla va Yunkaa yangi duet klip chiqardi

Madaniyat
75
Masha Tilla va Yunkaa yangi duet klip chiqardi
Mashhur bloger va model sifatida tanilgan Masha Tilla, asl ismi Maryam, hamda mashhur reper Yunkaa o‘rtasidagi yangi hamkorlik mahsuli bo‘lgan “Shunaqa gaplar” nomli duet klipi ommaga taqdim etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qo‘shiq birinchi marta Pepsi Fest tadbirida jonli ijro etilgan edi. Bu Maryamning o‘zbek tilida kuylagan ikkinchi qo‘shig‘i hisoblanadi.

Avvalroq u reper Massa bilan “Cash” nomli duet ijro qilgan edi. “Shunaqa gaplar” klipining rejissyori Xojiakbar Lutfullayevdir.

Maryamning Instagramdagi yozishicha, ular Buxorodagi zamonaviy san’at biyennalesida tanishishgan va aynan o‘sha tadbirda qo‘shiq ilk bor namoyish etilgan. Videoklip zamonaviy tendensiyalarga mos ravishda, sun’iy intellekt yordamida portret yaratish trendiga o‘xshash sahna bilan boshlanadi.

Klipda blogerlar, kontent yaratuvchilar va reper Shokir ham ishtirok etgan. Shuningdek, Yunkaa ishtirokidagi oq-qora fonli sahnalar va balerinalarning raqsi amerikalik reper Kanye Westning “Runaway” klipiga vizual havola sifatida ko‘riladi.

Ushbu duet va klipni YouTube platformasi orqali tomosha qilish mumkin. Qo‘shiq matni, sahna g‘oyasi va tasviriy yechimlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Aziz Rametov kinoga qaytadi, ommaga salomatlik bilan murojaat qildi
Aziz Rametov kinoga qaytadi, ommaga salomatlik bilan murojaat qildi
O‘zbek milliy kinosining mashhur aktyor va rejissyor Aziz Rametov uzoq davom etgan davolanishdan keyin salomatligini tiklab, kinoga qaytishga tayyorligini bildirdi. U
Madaniyat23:59, 21-09-2026
Saida Mirziyoyeva «O'zbekfilm»ni global brendga aylantirish vazifasini qo'ydi
Saida Mirziyoyeva «O'zbekfilm»ni global brendga aylantirish vazifasini qo'ydi
O'zbekiston kinematografiyasi va milliy media sanoatida ko'p yillardan buyon kutilgan tub burilish nuqtasi rasman e'lon qilindi. Prezident Administratsiyasi rahbari
Madaniyat23:57, 21-09-2026
O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova 69 yoshga to‘ldi
O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova 69 yoshga to‘ldi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Saida Rametova bugun 21 sentyabr kuni 69 yoshni qarshilagan. San'atkor 1957 yil 21 sentyabrda Samarqand shahrida tug'ilgan.
Madaniyat23:33, 21-09-2026
Xitoylik mashhur aktrisa Fan Binbin qirq besh yoshini qarshi oldi
Xitoylik mashhur aktrisa Fan Binbin qirq besh yoshini qarshi oldi
Xitoy kino olamining eng yorqin yulduzlaridan biri Fan Binbin 16-sentabr kuni o‘zining 45 yoshini qarshi oldi. Ellikdan ortiq badiiy filmda bosh rollarni ijro etgan
Madaniyat23:32, 19-09-2026
Turkiyalik mashhur aktyor Aras Bulut Iynemli hibsga olindi
Turkiyalik mashhur aktyor Aras Bulut Iynemli hibsga olindi
Turkiya kino olamining eng yorqin yulduzlaridan biri, o‘zbek tomoshabinlariga "Chuqur" va "Ichkarida" kabi seriallardagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Aras Bulut Iynemli huquq-tartibot
Madaniyat23:50, 18-09-2026
Turkiyada taniqli aktrisalar giyohvandlik moddalari bilan bog'liq ishda ushlandi
Turkiyada taniqli aktrisalar giyohvandlik moddalari bilan bog'liq ishda ushlandi
Turkiyada shou-biznes vakillari ishtirokidagi giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida keng ko‘lamli surishtiruv ishlari boshlandi. Bakirko‘y
Madaniyat23:47, 18-09-2026