ENRU

Kevin Kostner Klinton rolini ijro etishi mumkin

Madaniyat
38
Kevin Kostner Klinton rolini ijro etishi mumkin
Amerikalik taniqli aktyor Kevin Kostner AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton rolini ijro etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu rol siyosiy drama janridagi "United" serialida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Loyiha hozirda dastlabki ishlab chiqish bosqichida bo‘lib, BMT bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Kostner bu serialda nafaqat aktyor sifatida, balki mashhur aktyor Leonardo DiKaprio bilan birgalikda ijrochi prodyuser sifatida ham ishtirok etadi. Serial ssenariysi va rejissyorligi "Night Hunter" filmi bilan tanilgan Devid Raymondga topshirilgan.

"United" serialida insonparvarlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va dunyoni yaxshilashga intilayotgan odamlarga oid haqiqiy voqealar yoritiladi. Serialni ishlab chiqarish bilan Appian Way, Onwards Studios va Prime Focus DNEG studiyalari shug‘ullanmoqda.

Tarqatish huquqi esa Fifth Season kompaniyasiga tegishli. Kevin Kostner yaqinda o‘zi suratga olgan va bosh rolni ijro etgan "Horizon: An American Saga" nomli vestern filmi bilan ham e’tiborga tushgan edi.

Ushbu filmning birinchi qismi 2024-yilda Kann kinofestivalida taqdim etilgan bo‘lsa, ikkinchi qismi Venetsiyada namoyish qilingan. Hozirda filmning kinoteatrlarda chiqishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026