Bugun
Karpin O'zbekiston va Venesuelani juda kuchli raqiblar deb atadi
+11°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Bir qo‘shiq bilan tarixga kirgan yulduzlar

Madaniyat
79
Bir qo‘shiq bilan tarixga kirgan yulduzlar
Ba’zan san’at olamida shunday hodisalar ro‘y beradiki, birgina qo‘shiq ijrochining hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Quyida bir xit bilan ulkan daromadga ega bo‘lgan va o‘z nomini tarixga muhrlagan yulduzlar haqida hikoya qilamiz. **PSY — Gangnam Style** Janubiy Koreyalik xonanda PSY 2012-yilda “Gangnam Style” qo‘shig‘i bilan butun dunyoga tanildi.

Ushbu klip YouTube platformasida tarixdagi eng ko‘p ko‘rilgan video maqomini qo‘lga kiritdi. 2014-yilga kelib uni 2 milliarddan ortiq tomoshabin tomosha qilgan.

Hatto Google mutaxassislari hisoblagich kodini yangilashga majbur bo‘lishgan. PSY ushbu qo‘shig‘i bilan Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritildi.

Ammo keyingi yillarda xonandaning boshqa asarlari bu darajadagi muvaffaqiyatni takrorlay olmadi. **Las Ketchup — The Ketchup Song** 2002-yilda ispan opa-singillardan iborat Las Ketchup guruhi “Asereje” qo‘shig‘i bilan dunyoga mashhur bo‘ldi.

Ushbu qo‘shiqning inglizcha versiyasi ham millionlab tinglovchilarni o‘ziga jalb qildi. Guruh keyinchalik yana bir albom chiqardi, ammo muvaffaqiyat uzoqqa cho‘zilmadi.

Bugungi kunda guruh tarqalgani ma’lum, lekin ular birgina xiti orqali moliyaviy barqarorlikka erishgan. **Selin Dion — My Heart Will Go On** Kanadalik xonanda Selin Dionning 1997-yilda “Titanik” filmi uchun ijro etgan “My Heart Will Go On” qo‘shig‘i uni dunyoga tanitdi.

Ushbu saundtrek Selinni nafaqat mashhur, balki boy yulduzlar qatoriga olib chiqdi. Hozirgi kunda xonandaning 20 dan ortiq albomi, yuzlab mukofotlari va millionlab muxlislari bor.

U hali ham faol ijod qilmoqda. **Los del Rio — Macarena** Ispaniyaning Los del Rio guruhi 1993-yilda “Macarena” qo‘shig‘i va unga mos raqs harakatlari bilan butun dunyoni hayratda qoldirdi.

Qo‘shiq 1996-yilda AQShda ham mashhur bo‘lib, guruhning plastinkasi millionlab nusxada sotildi. Ammo bu muvaffaqiyat uzoqqa cho‘zilmadi, keyingi qo‘shiqlari oldingi darajaga chiqmadi.

**Kaoma — Lambada** 1989-yilda fransuz Kaoma guruhi “Lambada” qo‘shig‘i bilan katta muvaffaqiyatga erishdi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar yo‘qligiga qaramay, ushbu xit gastrollar va jonli konsertlar orqali dunyoga mashhur bo‘ldi.

Keyinchalik guruh boshqa bunday darajadagi xit yaratmagan bo‘lsa-da, “Lambada” ularga moliyaviy barqarorlik va abadiy yodda qoladigan nom qoldirdi. Shunday qilib, ba’zan birgina qo‘shiq ijodkorning hayotini butunlay o‘zgartirib, ularga tarixda o‘z izini qoldirish imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026