ENRU

Oskar Uayld qamoqxonasi san’at markaziga aylantiriladi

Madaniyat
18
Oskar Uayld qamoqxonasi san’at markaziga aylantiriladi
Reding shahrida joylashgan sobiq qamoqxona Ziran Educational Foundation fondi tomonidan sotib olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Weekend nashri xabar berdi. Ushbu qamoqxona 1895–1897 yillarda taniqli yozuvchi Oskar Uayld jazo o‘tagan joy sifatida tarixda qolgan.

Yangi loyiha doirasida sobiq qamoqxona ijodkorlar uchun xavfsiz makon sifatida qayta tashkil etilishi rejalashtirilgan. Fond bu hududda san’at markazi va butik-mehmonxona ochishni maqsad qilgan.

Shu bilan birga, qamoqxonaning tarixiy qiyofasi saqlangan holda uning ichki qismlarida ko‘rgazma zallari va ijodiy studiyalar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Joriy yil yoz faslida fond rekonstruksiya bo‘yicha konsepsiyani taqdim qilishni rejalashtirmoqda.

Loyiha doirasida me’morlar viktorian davriga oid arxitektura uslubini saqlab qolgan holda, uning og‘ir tarixini zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashtirishni maqsad qilgan. Eslatib o‘tish joizki, Oskar Uayldning ushbu qamoqxonada o‘tkazgan ikki yillik hayoti uning mashhur “Reding qamoqxonasi balladasi” asariga ilhom manbai bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026