Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Pixar yangi yo‘nalishda ijtimoiy mavzulardan voz kechdi

Madaniyat
17
Pixar yangi yo'nalishda ijtimoiy mavzulardan voz kechdi
Mashhur Pixar animatsiya studiyasi o‘zining ijodiy yo‘nalishini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Studiyaning kreativ direktori Pit Dokter The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida kompaniya so‘nggi yillarda yuz bergan muvaffaqiyatsizliklardan saboq olganini aytdi. Ilgari studiya rejissyorlarning shaxsiy kechinmalari va psixoterapevtik mavzularga asoslangan loyihalarga e’tibor qaratgan edi.

Ammo "Luka", "Jon" va "Bazz Layter" kabi filmlar kutilgan moliyaviy natijalarga erisha olmadi. 2023 yilda Pit Dokter jamoa oldida chiqib, shaxsiy kechinmalarga asoslangan yo‘nalish noto‘g‘ri bo‘lganini tan oldi.

Shundan so‘ng studiya o‘z siyosatini o‘zgartirib, murakkab ijtimoiy mavzular va nozik masalalarni filmlardan chiqarishga kirishdi. Ayniqsa, "Elio" va "Boshqotirma 2" loyihalarida personajlarning shaxsiy hayotiga oid bahsli jihatlar tahrir qilindi.

Mutaxassislarning fikricha, ota-onalar farzandlari bilan bunday murakkab mavzularda suhbatlashishga hali tayyor emas. Ushbu o‘zgarishlar o‘z samarasini bera boshladi.

"Boshqotirma 2" animatsion filmi 2024 yilda eng kassabop loyihaga aylanib, qariyb 1,7 milliard dollar daromad keltirdi. Bu natija studiyaning to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini va tomoshabinlar oddiy, lekin sifatli va qiziqarli hikoyalarni sog‘inganini ko‘rsatadi.

Endi Pixar jamoasi asosiy e’tiborni tomoshabinlarga chinakam zavq bag‘ishlaydigan va barcha yoshdagi insonlar tushunadigan sifatli kino mahsulotlarini yaratishga qaratmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026