Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Amerikalik aktyor Chak Norris 86 yoshida olamdan otdi

Madaniyat
21
Amerikalik aktyor Chak Norris 86 yoshida olamdan otdi
Dunyoga mashhur amerikalik aktyor va jang san’ati ustasi Chak Norris 86 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu xabar xorijiy nashrlar va uning yaqinlariga tayanib e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor kecha, 20 mart kuni o‘z oilasi a’zolari davrasida vafot etgan.

Hozircha uning o‘limga sabab bo‘lgan aniq holati rasmiy ravishda ma’lum qilinmagan. Biroq, xorijiy matbuot bu hodisa uning sog‘lig‘idagi keskin yomonlashish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda.

Chak Norris butun dunyo bo‘ylab jangari filmlar va teleseriallardagi ajoyib rollari bilan tanilgan. Uning eng mashhur ijodiy asarlariga Bryus Li ishtirokidagi Ajdarho yo‘li filmi hamda o‘n yillar davomida ko‘rilgan Jasur Uoker: Texascha adolat seriali kiradi.

Bu ijodlar uni xalqaro miqyosda tanitdi va ko‘plab tomoshabinlar orasida sevimli qahramonga aylantirdi. U shunchaki aktyor emas, balki karate bo‘yicha ko‘p karra jahon chempioni hamdir.

Chak Norris Chun Kuk Do nomli o‘ziga xos jang san’ati tizimini yaratgan va uzoq yillar davomida ekshn janridagi eng taniqli shaxslardan biri bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda u faol hayot tarzini olib borgan, mashg‘ulotlarini davom ettirgan va omma oldiga kamroq chiqib kelgan.

Shu bilan birga, internetda tarqalgan Chak Norris haqidagi faktlar nomli memlar orqali u yengilmas qahramon obrazini mustahkamlagan edi. Aktyor 1940 yilning 10 mart kuni AQSHda tug‘ilgan.

Yoshligida u harbiy havo kuchlarida xizmat qilgan va shundan keyin jang san’atlari hamda kino sohasiga qiziqib, o‘z faoliyatini boshlagan. Eng katta mashhurlikka u 1980 va 1990 yillarda suratga olingan jangari asarlar orqali erishgan.

Chak Norrisning vafoti kinodunyo va jang san’ati muxlislari uchun katta yo‘qotishdir. Uning ijodi va hayoti kelajak avlodlar uchun namunali misol bo‘lib qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026