Bugun
So: Markdown formatini cheklash bo'yicha yakuniy tekshiruv jarayoni (8 words)
+12°
пасмурно ветер 3.1 м/с, З

Kemeron Dias kinodagi 10 yillik tanaffusini “hayotidagi eng yaxshi yillar” deb atadi

Madaniyat
119
Kemeron Dias kinodagi 10 yillik tanaffusini “hayotidagi eng yaxshi yillar” deb atadi
Foto: Variety
Amerikalik aktrisa Kemeron Dias kino sanoatida ishlamagan oʻn yillik tanaffus vaqti hayotining “eng yaxshi yillari” boʻlganini tan oldi. Bu haqda u The Graham Norton Show dasturida aytib oʻtdi.

Aytish lozimki, menga bu tanaffus juda yoqdi. Filmlarda suratga tushmagan yillarim hayotimda oʻtkazgan eng yaxshi vaqt boʻldi. Men oʻzimni avvalambor ona, rafiqa rolida koʻrdim va juda baxtli hayot kechirdim”, dedi Dias.
Aktrisaning qoʻshimcha qilishicha, u kino sohasiga qaytganidan ham mamnun. Oʻn yillik tanaffusdan soʻng Dias Netflix striming platformasi tomonidan taqdim etilgan “Back in action” (“Yana ishga”) filmida suratga tushdi.

Kemeron Dias “Shrek 5” filmidagi Fiona obraziga yana bir bor ozov berishni istaydi. Shuningdek, agar Jim Kerri ham ishtirok etsa, 1994 yilda suratga olingan “Niqob” komediyasining davomida suratga tushishga ham darhol rozi boʻladi.

Diasning ta'kidlashicha, kino sohasidan uzoqlashish unga oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazish va ruhan dam olish imkonini berdi. Aktrisa filmlarda suratga tushishni rad qila boshlaganidan soʻng bir necha yil unga rollar taklif etilaverdi. Ammo vaqt oʻtib takliflar kelishi toʻxtadi.

Uzoq muddatli tanaffusdan keyin kinoga qaytishni Dias “katta imkoniyat” deb atadi:

Agar men uni qoʻldan boy bersam, odamlarga kulgi ulashadigan filmlar yaratishga boʻlgan ishtiyoqim soʻnib qoladi. Hozirgi imkoniyatdan foydalanmaslik ahmoqlik bilan barobar”, dedi u.

“Niqob” filmidan lavha
Ma'lumot uchun, 2018 yilda Kemeron Dias kinodan ketishga qaror qilib, oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazishni istaganini aytgandi. Diasning ijtimoiy tarmoqlaridagi profili endi uning yulduz emas, balki uy bekasi ekanligini koʻrsatadi. Profil tavsifida birinchi oʻrinda “ona”, ikkinchi oʻrinda esa “aktrisa” deb yozilgan.

Kinoda suratga tushayotganingda senga xuddi toʻliq egalik qilishgandek boʻladi. Suratga olish maydonchasida kuniga 12 soatlab bir necha oy ishlaysan. Boshqa narsalarga vaqt qolmaydi. Men hayotimning bir qismini boshqa odamlarga berayotganimni angladim. Ular umrimni olib qoʻyishmoqda edi. Shunchaki hayotimni qaytarib olishim, hayotim uchun mas'uliyatni oʻz zimmamga olishim kerakligini tushunib etdim”, deya tushuntirgan edi Kemeron.

O‘xshash yangiliklar

Jeki Chan murakkab bolalikdan jahon afsonasigacha bo'lgan yo'l
Jeki Chan murakkab bolalikdan jahon afsonasigacha bo'lgan yo'l
2026-yilning 7-aprel kuni jahon kinosining eng taniqli yulduzlaridan biri, jangovar janr afsonasi Jeki Chan o'n ikki yoshga to'ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 1954-yilda Gonkongda
Madaniyat Kecha, 21:46
"Bitta qator" (One line)
"Bitta qator" (One line)
Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pittning katta qizi Shaylo Joli-Pitt janubiy koreyalik K-pop xonandasi Dayonning yangi videoklipida ishtirok etgani haqidagi xabar shov-shuv uyg'otdi.
Madaniyat Kecha, 14:13
Actually, "San'at va madaniyat sohasida yangi tartiblar joriy etiladi" sounds more natural in Uzbek journalism
Actually, "San'at va madaniyat sohasida yangi tartiblar joriy etiladi" sounds more natural in Uzbek journalism
San'at va madaniyat sohasida yangi tartib-qoidalar joriy etish bo'yicha muhim takliflar ko'rib chiqilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, 2026-yildan boshlab konsert va turli
Madaniyat Kecha, 13:40
Shirin Zoitova liboslarni yig'ish o'rniga boshqalarga tarqatishni afzal ko'radi
Shirin Zoitova liboslarni yig'ish o'rniga boshqalarga tarqatishni afzal ko'radi
Mashhur xonanda Shirin Zoitova o‘zining kiyinish madaniyati va hayot tarzi haqida juda samimiy suhbat berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ko‘pchilik san’atkorlar turli xil liboslardan tashkil
Madaniyat Kecha, 07:37
Asal Shodiyeva tug'ilgan kunini Shohruxxon bilan Antaliyada nishonlamoqda
Asal Shodiyeva tug'ilgan kunini Shohruxxon bilan Antaliyada nishonlamoqda
O‘zbekiston shou-biznes olamining taniqli vakillaridan biri bo‘lgan aktrisa va xonanda Asal Shodiyeva bugun o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 6 aprel sanasida yuz
Madaniyat 18:03, 6-04-2026
Let's go with the most robust one:
Let's go with the most robust one:
Xonanda Malika Ravshanova muxlislariga o‘zining mashhur qo‘shiqlaridan biri bo‘lgan “Bu mening onam” haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning fikricha, ushbu qo‘shiq mashhurlik yoki
Madaniyat 13:55, 6-04-2026