Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
+13°
ясно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy majmuasini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston
82
Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy majmuasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

An’anaga muvofiq, u avvalo Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu yerda Qur’on tilovati qilinib, duo o‘qildi.

Davlat rahbari majmuadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Ziyoratgohning umumiy maydoni 44 gektarga kengaytirilgan.

Bu hududda mo‘tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid hamda ma’muriyat binosi qurib bitkazilgan. Majmuaning to‘rt burchagida 75 metrlik minoralar barpo etilgan.

Prezident Mirziyoyev bu majmua faqat ziyoratgoh emas, balki ilm-ma’rifat, tarbiya va ibrat maskani bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Imom Buxoriyyning ilmiy izlanishlari, bilimlari va kamoloti ayniqsa yoshlar uchun yaxshi namuna bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Shu maqsadda yangi majmuada innovatsion muzey tashkil etilmoqda. Ushbu muzeyda Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifatining rivojiga qo‘shgan hissasi keng yoritiladi.

Muzeyda shuningdek, Qur’oni karimda zikr qilingan 25 payg‘ambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, Makka va Madinadagi hayoti, hadislarning jamlanishi va yozilishi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Ziyoratgoh atrofida mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi yakuniy bosqichga yetgan.

Davlat rahbari qurilish ishlarini sifatli bajarish, odamlarga qulayliklarni oshirish hamda majmua atrofidagi yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi nafaqat diniy, balki madaniy va ma’rifiy ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekiston00:10, 28-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekiston00:10, 26-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekiston00:10, 25-10-2026