Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+15°
переменная облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Toshkentda arzon mahsulotlar yarmarkalarida nazorat kuchaytirildi

O‘zbekiston
35
Toshkentda arzon mahsulotlar yarmarkalarida nazorat kuchaytirildi
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda aholiga arzon narxlarda mahsulot yetkazib berish maqsadida tashkil etilgan maxsus savdo yarmarkalarida nazorat kuchaytirilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Hokimlik va prokuratura departamenti tashabbusi bilan yirik bozorlarda arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalari yo‘lga qo‘yilgan edi. So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim sotuvchilar rasmiy e’lon qilingan narxlardan farq qilib savdo qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi, bu esa aholining noroziligiga sabab bo‘ldi.

Shu sababli shaffoflikni ta’minlash va sun’iy narx oshirishning oldini olish maqsadida arzon mahsulotlar sotiladigan rastalarda kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Hozircha Mirobod dehqon bozori va “Eski Juva” (Chorsu) bozorida kameralar o‘rnatish ishlari yakunlandi.

Bu jarayon bosqichma-bosqich davom ettiriladi va yaqin kelajakda poytaxtdagi barcha yirik bozorlarning arzon yarmarkalarida to‘liq kamera nazorati joriy qilinadi. Mazkur choralar orqali narxlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilib, savdoda oshkoralik ta’minlanishi va aholiga mo‘ljallangan arzon mahsulotlar belgilangan narxlarda sotilishi ko‘zda tutilmoqda (manba: zamin.uz).

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
2 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 31-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekiston00:10, 30-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 29-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekiston00:10, 28-10-2026