Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

Toshkent issiqlik markazi mazutdan voz kechdi

O‘zbekiston
86
Toshkent issiqlik markazi mazutdan voz kechdi
Toshkent issiqlik elektr markazida mazut yoqilg‘isidan to‘liq voz kechildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda elektr va issiqlik energiyasi faqat tabiiy gaz asosida ishlaydigan zamonaviy va yuqori samarali uskunalar yordamida ishlab chiqarilmoqda. Bu o‘z navbatida poytaxt aholisi va sanoat korxonalari uchun ekologik toza energiya ta’minlashga qaratilgan.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan 2024-yilda markazda umumiy quvvati 64 megavatt bo‘lgan yangi gaz-turbinalari ishga tushirildi. Ushbu zamonaviy qurilmalar yiliga 515 million kilovatt-soat elektr va 630 gigakaloriya issiqlik energiyasini barqaror ravishda ishlab chiqarishga imkon beradi.

Bu energiya poytaxt aholisi va iqtisodiyot ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. Ekologik xavfsizlik markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Hududda joylashgan uchta gaz-turbinali qurilmaga maxsus ekopostlar o‘rnatilgan bo‘lib, atmosferaga chiqarilayotgan gazlar doimiy monitoring qilinadi va tahlil etiladi. Shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati hamda Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi hamkorligida Chilonzor, Olmazor va Sergeli tumanlarida kogeneratsiya markazlari tashkil etilgan.

Bu markazlarda ham zamonaviy texnologiyalar yordamida ekologik toza energiya ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida ham shunday zamonaviy qurilmalar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, markaz shahar ekologiyasini yaxshilashga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Masalan, 2025-yilda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida 5000 tup manzarali va sog‘lom daraxt ekildi.

Ushbu ishlar nafaqat energiya tizimini modernizatsiya qilishga xizmat qilmoqda, balki poytaxtning havo sifati va atrof-muhitni muhofaza qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 29-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekiston00:10, 28-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekiston00:10, 26-10-2026