Bugun
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
+36°
переменная облачность ветер 1.4 м/с, С
EN RU

Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi

Oʻzbekiston
4
Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U markazdagi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishib, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlar haqida ma’lumot oldi. Markazning markaziy qismida Qur’oni Karim zali joylashgan bo‘lib, unda musulmon olamining nodir durdonasi hisoblangan qadimiy Usmon Mus’hafi namoyish etiladi.

Shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Temuriylar va boshqa sulolalar davriga oid muqaddas kitoblar, ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari hamda jahondagi eng noyob qo‘lyozma Qur’onlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Markazda “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans”, “O‘zbekiston XX asrda” va “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” bo‘limlari tashkil etilgan.

Bu bo‘limlarda buyuk allomalar faoliyati, jumladan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband va boshqa ulamolar merosi keng yoritilgan. Tarixda ilm-fan va ma’naviyat homiysi bo‘lgan Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy va Anbar Otin kabi mashhur shaxslarning faoliyati ham alohida ekspozitsiya sifatida namoyish etilgan.

Davlat rahbari markazning ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishini samarali tashkil etish va mazmun-mohiyatini boyitish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

Tashrif davomida prezident zallardagi ta’mirlash va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi, bo‘limlar va ko‘rgazmalarning mazmuni hamda qo‘llanilayotgan interfaol texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi. Shavkat Mirziyoyev eksponatlarni mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli va tushunarli tarzda taqdim etish muhimligini qayd etdi.

Bu borada markazda faoliyat yuritadigan mutaxassislar va gidlarning sonini ko‘paytirish, ularni maxsus dasturlar asosida tayyorlash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, markaz faoliyatini yanada boyitish, ekspozitsiyalar orqali ma’naviy va ilmiy merosni to‘liq taqdim etish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berildi (manba: zamin.uz).

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston 02:57, 31-05-2026
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston 02:33, 31-05-2026
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston 01:40, 31-05-2026
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston 01:36, 31-05-2026
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston 00:59, 31-05-2026
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston 00:31, 31-05-2026