Bugun
Aleksandr Zverev AQSH ochiq chempionati finalida g'alaba qozondi
+24°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Prezident Sirdaryoda obod mahalla ishlarini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston
31
Prezident Sirdaryoda obod mahalla ishlarini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston shahridagi Bo‘ston mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu mahalla joriy yilda obod mahalla maqomini oldi. Hududdagi barcha ko‘p qavatli uylar ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirildi.

Mahalla markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Prezident mahallada faollar, nuroniylar va yoshlar bilan uchrashib, samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatning barcha hududlaridagi quyi bo‘g‘in muammolarini hal qilish, mahallalarni rivojlantirish va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarning samarasi haqida so‘z yuritildi. Shavkat Mirziyoyev mahallaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini ta’kidlab, bu institutni yanada rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

Hududda 48 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlanib, ularning tashqi qismi bazalt bilan qoplandi. Issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida 18 milliard so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy qozonxona va 3,3 kilometr issiqlik tarmoqlari qurildi.

Mahalladagi 23 ta individual issiqlik punktlari o‘rnatilib, “yopiq” tizim tashkil etildi. Mahalliy byudjet hisobidan 800 ta xonadoni bo‘lgan 20 ta ko‘p qavatli uyning ichki issiqlik tizimlari yangilandi.

Shuningdek, bir bog‘cha markazlashgan issiqlik va issiq suv bilan ta’minlandi. Yangi qozonxona natijasida yiliga 144 ming kilovatt-soat elektr energiyasi va 627 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi kutilmoqda.

Prezident aholi uchun qulay sharoit yaratish, qozonxonalar qurilishi va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shu yerda Prezident “yettilik” vakillari va nuroniylar bilan mahalla hayoti hamda viloyatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida suhbatlashdi.

Sirdaryo viloyatida infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan maxsus dastur asosida 215 ta ko‘p qavatli uy qamrab olingan. Bu dastur doirasida uylarning tom va fasad qismlarini ta’mirlash, issiqlik ta’minotini yaxshilash, muhandislik tarmoqlarini rivojlantirish va hududni obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 15 sentabr
15 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 14 sentabr
14 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 13 sentabr
13 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY235 Myunxen
O‘zbekiston00:10, 13-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 12 sentabr
12 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 12-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 11 sentabr
11 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY461 Lahore 01:10 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 11-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 10-09-2026