Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Donald Tramp BMTga muqobil tashkilot tuzdi

O‘zbekiston
16
Donald Tramp BMTga muqobil tashkilot tuzdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tinchlik kengashi nizomini imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yangi xalqaro tashkilot BMTga muqobil sifatida yaratilgan. Imzolash marosimi Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida o‘tkazildi.

Tadbirda Yaqin Sharq va Janubiy Amerika davlatlari, jumladan, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Argentina va Paragvay vakillari qatnashdi. Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ham ishtirok etdi.

Marosim davomida sahnada Tramp bilan birga 20 ga yaqin davlat vakillari bo‘ldi. Ammo AQSHning G‘arbiy Yevropadagi an’anaviy ittifoqchilaridan hech biri tadbirda qatnashmadi, deb xabar berdi CNN.

Tramp o‘z nutqida Tinchlik kengashi boshqa xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi. Nutqdan so‘ng, Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt mazkur kengash rasman xalqaro tashkilot sifatida faoliyat boshlaganini e’lon qildi.

Shundan so‘ng, davlatlar rahbarlari hujjatni imzolash uchun birma-bir Tramp yoniga chiqishdi. Tinchlik kengashi Trampning tinchlik rejasiga muvofiq yaratilgan bo‘lib, dastlab G‘azo sektorini boshqarish organi sifatida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan edi.

Ammo kengash nizomidan ma’lum bo‘lishicha, u yanada kengroq vakolatlarga ega bo‘lib, aslida BMTga muqobil tashkilot sifatida ishlaydi. Kengashga Trampning o‘zi raislik qiladi.

A’zo davlatlar uchun esa bir milliard dollarlik mablag‘ ajratish sharti qo‘yilgan. Tashkilotga a’zo bo‘lish uchun 60 ga yaqin davlat, jumladan, Rossiya, Belarus va Ukraina taklif olgan.

Aleksandr Lukashenko Yevropada birinchi bo‘lib ushbu hujjatni imzoladi. Biroq, Yevropaning ayrim davlatlari kengashga a’zo bo‘lishdan bosh tortmoqda.

Bunga Rossiyaning ham taklif etilgani sabab bo‘lmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifnoma olinganini tasdiqladi va Rossiya AQSHda muzlatib qo‘yilgan aktivlari hisobidan Tinchlik kengashiga bir milliard dollar ajratishga tayyorligini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
3 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 02:40 767
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
2 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekiston00:10, 01-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 31-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekiston00:10, 30-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 29-10-2026