Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+21°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Prezident Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi

O‘zbekiston
48
Prezident Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu markaz maydoni va qamrovi jihatidan dunyoda islom tarixi, madaniyati hamda sivilizatsiyalarini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan yirik majmualardan biri hisoblanadi. Markaz Toshkentning mashhur Hazrati Imom majmuasi hududida, 10 gektar yer maydonida barpo etilgan.

Binoning uzunligi 161 metr, eni esa 118 metrni tashkil qiladi. Uch qavatli bino gumbazining balandligi 65 metr bo‘lib, umumiy foydalanish maydoni 42 ming kvadrat metrdan oshadi.

Ushbu ko‘rsatkichlar markazni “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritish uchun asos bo‘lmoqda. Markaz qadimiy va milliy me’morchilik an’analariga mos ravishda qurilgan.

Binoga to‘rt tomondan to‘rt asosiy portal orqali kirish mumkin. Ushbu portallar va binoning tashqi ravoqlari Qur’on oyatlari hamda hadislar bilan bezatilgan bo‘lib, unda ilm-ma’rifat, bag‘rikenglik, insoniylik va ota-onaga hurmat kabi qadriyatlar aks ettirilgan.

Quyi qavatda bolalar uchun maxsus platforma, restavratsiya va elektron nusxa olish laboratoriyasi, muzey eksponatlari hamda nodir qo‘lyozmalarni saqlash fondlari joylashgan. Shuningdek, zamonaviy kafeteriya va muzey vestibyullari ham mavjud.

Birinchi qavatda taxminan 8 ming 350 kvadrat metr maydonga ega ko‘rgazma zali va 550 o‘rinli anjumanlar zali joylashgan. Ikkinchi qavatda esa qo‘lyozma va toshbosma manbalar, bosma va elektron adabiyotlar fondiga ega kutubxona hamda o‘quv zallari mavjud.

Bu yerda xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Prezident markazdagi yaratilgan sharoitlar, boy ekspozitsiyalar va yangi tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi.

Qur’oni karim zaliga kirib, bu maskanda yaratilgan ma’naviy muhit va noyob eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Gumbaz ostida maxsus mepping gologrammasi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda dastlab koinot tasviri ko‘rsatiladi va osmondagi yulduzlar jilolanadi.

Gumbaz ostidagi yulduzlar kompozitsiyasi Toshkent osmonida tun paytida ko‘rinadigan yulduzlar xaritasi asosida yaratilgan. Ularni ifodalash uchun 90 dona “Swarovski” toshi va 650 dan ortiq chiroqlar ishlatilgan.

Markazda Usmon Mus’hafi bilan birga yurtimizga tegishli bo‘lgan, turli sulolalar davrida yaratilgan 114 ta nodir Qur’on qo‘lyozmasi jamlangan. Ushbu qo‘lyozmalar orasida somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, temuriylar, shayboniylar va boshqa davrlarga oid noyob nusxalar mavjud.

Tashrif davomida prezidentga muzeyga tashrif buyuruvchi mehmonlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishlari haqida ma’lumot berildi. Markaz qisqa vaqt ichida xalqaro nufuzli tashkilotlar va nashrlar tomonidan yuqori baholanganligi ta’kidlandi.

Xususan, markaz Fransiyaning Avitsenna mukofotiga sazovor bo‘lgan. AQSHdagi Smitson institutining “Smithsonian Magazine” nashri tomonidan 2026-yilda dunyoda eng katta qiziqish bilan kutiladigan o‘n ta muzeydan biri sifatida tan olingan.

Shuningdek, “Condé Nast Traveler” nashri markazni 2026-yil iyun oyida tashrif buyurish uchun tavsiya etilgan maskanlar qatoriga kiritgan.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 29-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 28 oktabr
28 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY611 Moskva 07:30 32N HY603 Moskva 07:30
O‘zbekiston00:10, 28-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 27 oktabr
27 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 27-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekiston00:10, 26-10-2026