Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Energiya resurslarini tejashda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda

O‘zbekiston
6
Energiya resurslarini tejashda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda
O‘zbekistonda energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish masalalarida yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda gaz va elektr energiyasi iste’molini kamaytirish maqsadida foydalanuvchilarga sun’iy cheklovlar qo‘yish yoki ularni tarmoqdan uzish amaliyotiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu choralar 29 aprelda qabul qilingan Prezident farmoni bilan belgilab berildi.

Hujjatda 2026 yilga qadar energiya samaradorligini oshirish va resurslarni tejash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlari ko‘zda tutilgan. Yangi tartibga ko‘ra, 2026 yilning 1 iyulidan boshlab barcha vazirliklar, idoralar, davlat muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan quriladigan yoki ta’mirlanadigan binolar uchun energiya samaradorligi bo‘yicha aniq talablar belgilandi.

Bunday obektlar energiya samaradorligi darajasi bo‘yicha kamida S darajasidan past bo‘lmasligi shart qilib qo‘yildi. Eng asosiy o‘zgarishlardan biri shuki, elektr va tabiiy gazni tejash bahonasiga iste’molchilarni tarmoqdan uzish yoki ularning imkoniyatlarini cheklash taqiqlandi.

Mazkur qaror aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Energiya samaradorligi milliy agentligining vakolatlari kengaytirildi.

Endilikda maxsus jamg‘arma orqali energiya servis kompaniyalari ko‘rsatgan xizmatlari uchun kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 2026 yildan boshlab energiya sarfi me’yordan yuqori bo‘lgan davlat obyektlarida xalqaro standartlarga asoslangan samaradorlikni oshirish dasturlari ishga tushiriladi.

Shuningdek, 2026 yilning 1 oktyabrigacha energiya iste’molini tahlil qilishda zamonaviy texnologiyalar, jumladan, katta ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu islohotlar energiya resurslaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash bilan birga, sohadagi shaffoflik va samaradorlikni yanada yuksaltiradi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
3 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 02:40 767
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
2 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
1 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekiston00:10, 01-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
31 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 31-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
30 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY421 Deli 02:40 763 HY465 Islamabad 04:00
O‘zbekiston00:10, 30-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 29 oktabr
29 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 29-10-2026