Bugun
«Neftchi» safarda «Lokomotiv»ni yengib Superliga peshqadamiga aylandi
+33°
переменная облачность ветер 4 м/с, З
ENRU

Ko‘p kvartirali uylarni saqlash bo‘yicha yangi qoidalar joriy etildi

O‘zbekiston
7
Ko'p kvartirali uylarni saqlash bo'yicha yangi qoidalar joriy etildi
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar uchun muhim yangi tartiblar joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari har hafta kamida bir marta tozalanishi shart qilib belgilandi. Ushbu talab Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari hujjatida qayd etilgan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, uylarni boshqaruvchi organlar umumiy texnik pasport yuritishlari lozim. Shuningdek, ular binoning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari, videokuzatuv tizimlari va domofonlarni doimiy ishchi holatda saqlashga mas’ul bo‘ladilar.

Zarur xomashyo va jihozlarning xaridi ham ushbu organlar tomonidan amalga oshiriladi. Uy fasadi yoki umumiy foydalanish hududlariga reklama, e’lonlar va turli me’moriy elementlarni faqat mulkdorlar yig‘inining qarori asosida o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, uylardagi shovqin darajasi sanitariya me’yorlaridan oshib ketmasligi qat’iy talab sifatida belgilandi. Sanitariya ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Zarurat tug‘ilganda zinapoyalar, liftlar, chiqindi yig‘iladigan joylar va yerto‘lalarda zararkunandilarga qarshi maxsus ishlar olib boriladi. Agar yerto‘lada quvur avariyasi tufayli suv to‘plansa, boshqaruv organi buni 24 soat ichida bartaraf etishi shart.

Lift xonalari ham haftada bir marta tozalanadi va uskunalarga doimiy texnik nazorat o‘rnatiladi. Yangi tartib bilan qator taqiqlar ham joriy qilindi.

Balkon va lodjiyalarga yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalar o‘rnatish hamda og‘ir buyumlarni saqlash mumkin emas. Fasad tomonga kiyim-kechak yoki gilam ilish taqiqlanadi.

Uy hayvonlarini umumiy foydalanish joylarida saqlash va zinapoyalarda yonuvchi materiallarni qoldirishga ruxsat berilmaydi. Isitish tizimiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish ham man etiladi.

Bundan tashqari, avtomobillarni gazonlar, bolalar maydonchalari, trotuarlar yoki uylarning kirish yo‘laklari oldiga qo‘yish endilikda qonunbuzarlik deb hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 21 sentabr
21 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 20 sentabr
20 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 19 sentabr
19 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 19-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
18 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 18-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
17 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 17-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 16 sentabr
16 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 16-09-2026