Bugun
Eron AQSH bilan muloqot boshlash uchun yetti shart qo'ydi
+33°
переменная облачность ветер 4 м/с, З
ENRU

Mirziyoyev Chilonzor sanoat hududini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston
38
Mirziyoyev Chilonzor sanoat hududini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hudud Beshqo‘rg‘on va Tirsakobod mahallalari hududida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 320 gektarni tashkil etadi. Kichik sanoat zonasi maqomidagi ushbu majmua Prezidentning 2023 yil 3 iyuldagi qarori asosida tashkil etilgan.

Qarorga muvofiq, transport, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi yaxshilandi, bu esa sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratdi. Hududda xalqaro standartlarga mos, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi.

Hozirda bunday korxonalar soni 531 taga yetib, ularda yaratilgan ish o‘rinlari soni 20 mingga yaqinlashmoqda. Yillik ishlab chiqarish hajmi 6 trillion 800 milliard so‘mni tashkil etadi.

Joriy yil davomida hududdagi 50 ta korxona tomonidan 180 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Chilonzor tumanida ilgari bunday ko‘rsatkichlarga erishilmagan.

Davlat rahbari “Tarleplast” korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ushbu korxonaning umumiy qiymati 25 million dollarni tashkil etadi.

Korxonaga Yevropaning yetakchi kompaniyalaridan 12 turdagi zamonaviy uskunalar olib kelinib o‘rnatildi. Natijada yiliga 90 ming tonna temir quvur va po‘lat profillar ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Bu mahsulotlarning qiymati taxminan 900 milliard so‘mga teng. Korxonada 120 ga yaqin xodim doimiy ish bilan ta’minlangan.

Muhim jihati shundaki, yuqori bosim va tashqi ta’sirlarga chidamli quvurlar turi narxi va hajmi bo‘yicha raqobatbardosh hisoblanadi. O‘tgan yili 4 million dollarlik mahsulot Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi davlatlarga eksport qilingan.

Endi esa sotuv geografiyasini yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda. Davlatimiz rahbari sanoat hududida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tomosha qildi va yaqin istiqboldagi sanoat loyihalari taqdimotini tingladi.

Xususan, ko‘p qavatli ishlab chiqarish binosi va monomarkaz tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihalar amalga oshirilgach, hududda yana 100 dan ortiq yangi loyiha ishga tushiriladi va qo‘shimcha 3 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Qurilish, farmatsevtika, elektrotexnika, poligrafiya, avtomobilsozlik, tikuv-trikotaj va qandolatchilik sohalarini qamrab olgan loyihalar rejalashtirilgan. Prezident tadbirkorlar bilan suhbatlashib, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 21 sentabr
21 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 20 sentabr
20 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 19 sentabr
19 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 19-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
18 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 18-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
17 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 17-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 16 sentabr
16 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 16-09-2026