Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+18°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Abduqodir Husanov "Siti" himoyasida yetakchiga aylanmoqda

Sport
46
Abduqodir Husanov
"Manchester Siti" jamoasida futbolchilar tarkibidagi muammolar va himoyachilarning jarohatlari sababli 21 yoshli o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanov yana asosiy tarkibda o‘z o‘rnini mustahkamlay boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Klubga kelganiga bir yil bo‘lgan Husanov bu vaqt davomida turli bosqichlarni bosib o‘tdi: yorqin o‘yinlar, zaxiradagi kunlar va ba’zi omadsizliklar. Ammo so‘nggi haftalarda u himoya chizig‘ining asosiy tayanchiga aylanmoqda.

Jamoaning asosiy himoyachilari — Yoshko Gvardiol, Jon Stounz va Ruben Diashning jarohatlari sababli Husanovning ahamiyati oshdi. Murabbiy Xosep Gvardiola uni yana markaziy himoyaga qaytarib, imkoniyat berdi.

Ilk o‘yinlarda u bilan birga “Uotford”dan ijaradan qaytgan Maks Alleyn harakat qilgan bo‘lsa, keyinchalik “Siti” tarkibga Angliya Premer-ligasining kuchli himoyachilaridan biri Mark Gexini qo‘shdi. Angliya Premer-ligasining 23-turida “Manchester Siti” “Vulverxempton”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu o‘yinda asosiy e’tibor Husanov va Gexining yangi tandemiga qaratildi. Gexi o‘zining debyut o‘yinidayoq ishonchli o‘yin namoyish etdi, Husanov esa himoya chizig‘idagi intizom va tempni belgilashda asosiy rolni o‘ynadi.

Bu o‘yin Husanov uchun ketma-ket yettinchi asosiy tarkibdagi o‘yin bo‘ldi, va u har safar o‘zining barqaror o‘yinini namoyish etmoqda. Ekspertlar Husanovning o‘yinni o‘qish qobiliyati, aniq paslari va himoyadagi ishonchliligi haqida ijobiy fikr bildirishmoqda.

Shu bilan birga, u xavfli vaziyatlarni oldindan sezish va jamoaning umumiy o‘yinini boshqarishda muhim rol o‘ynayotganini ta’kidlamoqda. Mark Gexi bilan birga Husanov “Siti”ning himoya chizig‘ini mustahkamlab, jamoaga xotirjam o‘yin olib borish imkonini bermoqda.

Abduqodir Husanovning transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda. U Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lib, Osiyodagi eng qimmat himoyachilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Uning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2029-yilga qadar amal qiladi. Gvardiolaning ishonchini qozongan Husanov jamoaning markaziy himoyasida barqaror o‘rin egallab, natijalarga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Hozirda Husanov jamoasi bilan Yevropa Chempionlar ligasining hal qiluvchi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan bu o‘yinda ham Husanovning ishonchli o‘yini jamoaga muvaffaqiyat keltirishi kutilmoqda.

Manba: one.uz.

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026