Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Opta: “Arsenal” Chempionlar Ligasi g‘olibligiga asosiy da’vogar

Sport
24
Opta: “Arsenal” Chempionlar Ligasi g‘olibligiga asosiy da’vogar
Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tgach, statistikalar va modellar yangilandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Opta superkompyuteri ham qur’a natijalariga asoslangan holda yangi prognozlarini e’lon qildi va turnir bilan bog‘liq eng qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Opta hisob-kitoblariga ko‘ra, “Arsenal” 30,6 foiz ehtimol bilan Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lish uchun asosiy da’vogar sifatida e’tirof etildi.

Bu ko‘rsatkich London klubining hozirgi holati raqobatchilardan bir qadam oldinda ekanligini anglatadi. Ikkinchi o‘rinda germaniyalik “Bavariya” (15%), kuchli uchlikni esa Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi (11%) yakunlab bergan.

E’tiborni tortgan yana bir muhim jihat “Real Madrid” bilan bog‘liq. Opta hisob-kitoblariga ko‘ra, “Qirollik klubi” favoritlar ro‘yxatidan chiqib ketgan.

Ularning g‘alaba qozonish ehtimoli atigi 1,7 foizga baholanib, jamoa sakkizinchi o‘rindan o‘n ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Bu holat qur’a natijalari va umumiy vaziyatning “Real” reytingiga salbiy ta’sir qilganini ko‘rsatadi.

Opta versiyasiga ko‘ra, 2025/26 yilgi Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar quyidagicha: 1. “Arsenal” — 30,6% 2.

“Bavariya” — 15% 3. “Manchester Siti” — 11% 4.

“Liverpul” — 8,8% 5. “Chelsi” — 7,3% 6.

“Barselona” — 7,2% 7. PSJ — 4,9% 8.

“Nyukasl” — 3,2% 9. “Inter” — 2,6% 10.

“Tottenxem” — 2,3% 11. “Sporting” — 1,8% 12.

“Real Madrid” — 1,7% Qolgan jamoalarning imkoniyati 1 foizdan past bo‘lib, ular faqat kutilmagan hodisalar sodir bo‘lgandagina g‘olib bo‘lishi mumkin. Shubhasiz, pley-off bosqichida jamoalarning nomi emas, maydondagi formasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Opta prognozlari qanchalik aniq bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi. Ma’lumot manbasi: One.uz.

O‘xshash yangiliklar

«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Milan" hamda "Bolonya" jamoalari o‘rtasidagi bahs 28-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Bu haqda
Sport01:24, 29-10-2026
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
FIFA jahon chempionati chiptalari savdosidan rekord darajada daromad oldi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptalarini sotish orqali kutilganidan ancha yuqori mablag‘ ishlab topib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda One.uz
Sport00:56, 29-10-2026
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
«Inter» va «Venetsiya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahs olib boradi
Italiya futbol chempionati A Seriyasining navbatdagi turida "Venetsiya" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport00:55, 29-10-2026
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasida dahanaki jang yuzaga keldi
UFC olamida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va braziliyalik istiqbolli jangchi Karlos Prates o‘rtasida kutilmagan dahanaki jang yuzaga keldi. Rossiyalik
Sport00:32, 29-10-2026
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Sent Luisdagi nufuzli turnirni mag'lubiyatsiz boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining shaxmat poytaxti hisoblangan Sent-Luis shahrida nufuzli Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri start oldi. O‘zbekistonlik yosh
Sport00:15, 29-10-2026
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
«Jenoa» o‘z maydonida «Yuventus» jamoasini qabul qiladi
Italiya chempionatining navbatdagi turida Genuya shahrining Genuya jamoasi o‘z maydonida Turinning Yuventus klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan
Sport23:53, 28-10-2026